Jimmy Choo – 1996-yilda malayziyalik dizayner Jimmy Choo tomonidan asos solingan poyabzal kompaniyasi.

Jimmy Choo
Turi shoʻba korxonasi
Qachon asos solingan 1996
Joylashuvi London, Buyuk Britaniya
Asoschi(lari) Tamara Mellon, Jimmy Choo
Mahsulot(lar)i oyoq kiyim
Vebsayti https://www.jimmychoo.com/en/home
Hong Kongdagi Jimmy Choo doʻkoni vitrinasi, 2012 yil.

2011-yildan buyon ushbu brendga egalik huquqi JAB holdingining Labelux Holding boʻlimiga tegishli. 2014-yilning iyun oyida JAB biznesi qayta tashkil etilganidan soʻng, Jimmy Choo brendini ham bevosita boshqara boshladi.

2016-yilda Jimmy Choo kompaniyasi tovarlar savdosi valyuta kursining oʻzgarishini hisobga olmaganda 1,6% ga oshgan. Funt sterling kursining oʻzgarishini hisobga olgan holda esa daromad 15% ga, rekord darajada 364 million £ (467 million $) ga yetdi. Kompaniya vakillarining soʻzlariga koʻra, brendning Xitoydagi oʻsish koʻrsatkichlari yuqoriligi AQSh va Yevropadagi sotuv darajasining sustligi oʻrnini ham toʻldirib yuborgan.

2017-yil aprel oyida JAB Holding oʻzining Jimmy Choo va Bally poyabzal brendlarini sotuvga qoʻyganligi haqidagi maʼlumotlar tarqalgan, bunga sabab holdingning asosiy eʼtiborni isteʼmol tovarlariga, birinchi navbatda qahva va unga aloqador mahsulotlarga qaratishga qaror qilgani edi.

Havolalar

tahrir