Jirish non
Jirish non - kepakdan yoki un va kepakdan pishiriladigan non. J. n. ning shifo va parhez xususiyati bor. Tayyorlash usuli — xamirturush iliq sut (suv)da iylanadi. Soʻng kepak yoki kepak aralashtirilgan un solib (0,5 kg un, 1,5 kg kepak, 0,5 l sut) xamir qoriladi. Xamir qalin dasturxonga oʻraladi, oshirish uchun iliqroq joyga qoʻyiladi. Soʻngra 200 g li zuvalachalar yasab, oʻrtasining qalinligi 0,5 sm, chekka hoshiyalarining qalinligi 2 sm keladigan toʻgarak non yasaladi. Yuziga chakich urilgach, tandirga yopiladi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |