Jiyda (Elaeagnus) turkumi.

tahrir
 
Jiyda barglari

Ingichka bargli jiyda, Qosh jiyda (Elaeagnus angustifolia) balandligi 8 m gacha boʻlgan kichik daraxt yoki buta boʻlib, Markaziy Osiyo yoki Kavkaz daryo toʻqaylarida keng tarqalgan asosiy darxt oʻsimligi hisoblanad. Bu jiyda turining tuproq tanlamasligi, shoʻr yerlarda oʻsishga moslashganligi oʻrmon melioratsiyasida qadirlanadi. Barglarining manzarali hususiyatiga koʻra koʻkalamzorlashtirishda keng foydalanish mumkin. Mirzachoʻlda shoʻrlangan yerlarda keng ekilmoqda. Barglari ellipssimon yoki lansetsimon shakilda. 5-8 sm uzunlikda, yuqori tomoni yashil rangda, ostki qismi kumushsimon rangda. Barglarini yozib boʻlgach gullaydi. Gullari juda hushboʻyligi bilan ajralib turadi. Gullari qoʻngʻiroqcha koʻrinishida sariq rangda, barg qultigʻida 1-3 donagacha joylashadi.

Mevalari 1,5 sm uzunlikkacha boʻlgan donacha, unsimon shirin meva etiga ega. 3-4 yoshdan mevaga kiradi. Yogʻochi duradgorlikda ishlatiladi. Juda chuqur oʻsuvchi ildiz tizimiga ega. Dastlabki hayot bosqichida tezroq oʻsib rivojlanadi, kuchli shoʻrlangan va toshloq tuproqlarda 5 yoshida 4 m balandlikka yetadi. Issiqqa, qurgʻoqchilikka chidamli, eng asosiysi boshqa daraxtlar oʻsa olmaydigan shoʻrhoklarda bemalol oʻsa oladi. Urugʻidan, qalamchalar orqoli koʻpaytiriladi, toʻnkasidan bachkilar hosil qilib tez oʻsadi, 60-80 yilgacha yashaydi. Ixotazorlar barpo etishda keng qoʻllanadi.

Sharq jiydasi (Elaeagnus orientalis) ushbu jiyda areali Pomir-Oloy, Kavkaz Markaziy Osiyo togʻlari hududlarini qamrab olgan, 500 metrdan baland togʻ yonbagʻirlarida koʻplab oʻsadi. 7–8 m balandlikkacha rivojlanuvchi daraxt, daraxt tanasi toʻq jigarrang, barglari lansetsimon shakilda oq gʻubor bilan qoplangan. Sharq jiydasining yirik mevali shakillari xalq seleksiyasi maxsuli boʻlib, „non jiyda“ nomi bilan atalgan

Non jiyda Oʻzbekistonning deyarli barcha viloyatlarida aholi tomonidan koʻplab oʻstiriladi, ayniqsa uning shoʻrlangan va sizot suvlari tuproq yuzasiga yaqin joylarda oʻsuvchi ekotiplari oʻrmon melioratsiyasi uchun katta ahamiyatga egadir.

 
jiyda mevasi

Uzoq oʻtmishda jiyda mevasi mahalliy aholining asosiy oziq-ovqat maxsulotlaridan biri xisoblangan, mevasi quritilgan holda qish-bahor mavsumida isteʼmol qilingan. Shu sababli non jiyda doimo seleksiya predmeti sifatida oʻrganilgan, yirik mevali va sershox shakillari yaratilgan.

Meva tarkibida 40-67,8% qandlar, 11% oqsil, 36% gacha tanidlar, 0,44-2,46% organik kislotalar, 100 mggacha C,B,PP,E vitaminlari mavjud.

Kumushsimon jiyda (Elaeagnus argentea Pursh) ushbu jiyda turning vatani Shimoliy Amerika boʻlib, MDH davlatlarida madaniylashtirilgan holda uchraydi. aaKichik daraxt yoki buta koʻrinishida 1–3 m balandlikka ega boʻlib, tana poʻstlogʻi toʻq kulrang, barglari kumushsimon gʻubor bilan qoplangan. Mevalari xuddi qushjiyda mevalari kabi choʻzinchoq-dumaloq.

Koʻkalamzorlashtirishda keng foydalaniladi, qurgʻoqchilikka chidamsiz lekin sovuqqa chidamli. Daryo qirgʻoqlarini, jarliklarni mustahkamlashda keng foydalaniladi. May oyi boshlarida gullaydi, sentyabr-oktyabr oylarida mevasi pishib yetiladi. Non jiyda daraxtining yogʻochi mustaxkam, qurilish sohasidaham ishlatsa boʻladi