Jiyron qarqara
Jiyron qarqara, qizil qoʻton (Ardea рифигеа) — uzun oyoqlilar turkumining qarqaralar oilasiga mansub qush. Osiyoda, Yevropaning janubida va Afrikada tarqalgan. Oʻzbekistonda Sirdaryo, Amudaryo atroflarida, Chirchiq va Ohangaron vodiylarida uchraydi. Qamishzorlarga, baʼzan butazorlarga uya soladi. 3–5 ta tuxum qoʻyadi. Boshidagi pati va uzun kokilining binafsha rangli hamda qanotining atrofidagi patlar qizil boʻlishi bilan oq va koʻk qarqaradan farq qiladi. Baliq, baqa, kaltakesak va har xil hasharotlar bilan oziqlanadi. Chigirtka, sichqon va kalamushlarni qirib, foyda keltiradi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |