Joʻja — tovuq va b. parranda palaponi. Tovuq J.lari 1 kunligida 35—40 g , 1 oyligida 240—270 g , 2 oyligida 550— 600 g , 3 oyligida 900—1100 g , 4 oyligida 1200—1500 g , 5 oyligida 1500— 1800 g boʻladi. Goʻsht (broyler) yoʻnalishidagi tovuq zotlarning 7—8 haftalik J.lari vazni 1,5—1,8 kg ga yetadi. J.lar 2 oylikkacha katakli batareyalarda yoki poliga poxol toʻshalgan xonalarda saqlanadi, 4—5 kunligidan boshlab iliq kunlarda yayratish maydonchasiga, keyinchalik maysazorlarga chiqarib turiladi. Xonaki usulda boqishda J.larga birinchi haftada suvda qaynatib pi-shirilgan tuxum, tvorog , koʻk barra piyoz yoki sarimsoq mayda toʻgʻrab beriladi. Katakli batareyalarda har 1m2 ga 1 — 20 kunlik J.lardan 25—30; 21—40 kunligidan 15—20 va 41—60 kunligidan 9—12 ta; poliga poxol toʻshalgan xonalarda har 1m2 ga 1—30 kunligidan 8— 24; 30—60 kunligidan 16—18 ta joylashtiriladi. Xonaning harorati birinchi 20 kunlikda 29—22°, 21—40 kunligida 20—18°, 41—60 kunlikda 17—16° boʻlishi kerak. 2 oylik makiyon J.lar joʻjaxoʻrozlardan ajratilib, yayratish maydonchasining atrofi simtoʻr bilan oʻralgan xonalariga, yengil tipda qurilgan ayvonlarga oʻtkaziladi. J.lar maxsus tayyorlangan aralash ozuqa berib bo-qiladi. Birinchi oyda har 2 soatda, ik-kinchi oyda har 3 soatda, keyinchalik kuniga 2—4 marta don va aralash ozuka berib turiladi (qarang Broyler, Inkubatsiya).

Sayfiddin Azimov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil