Joʻra Kamolovich Saidov (1909, Qoʻqon shahri — 1999.9.4, Toshkent) — botanik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977), biologiya fanlari doktori (1960), professor (1967). Samarqanddagi Oʻzbekiston pedagogika akademiyasini tugatgan (1932). Qoʻqon shahri paxtachilik instituti botanika kafedrasi assistenti (1932—35), Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti botanika kafedrasida dotsent va mudir (1941—43), institut direktori (1943—52), botanika va oʻsimliklar fiziologiyasi kafedrasi mudiri (1952—60), Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi Fanlar akademiyasi da akad.kotib (1960—61). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika institutida oʻsimliklar morfologiyasi, anatomiyasi va embriologiyasi laboratoriya mudiri (1962— 88), institut direktori (196486), 1988-yildan bosh ilmiy xodim. Ilmiy ishlari oʻsimliklar anatomiyasi, morfologiyasi va fiziologiyasiga oid. S. karbonat va magniyli, xlorid va sulfatli tuzlar bilan shoʻrlangan tuproqning gʻoʻza va makkajoʻxori anatomiyasi hamda fiziologiyasiga taʼsirini tadqiq qilgan. Urgimchakkana bilan zararlangan gʻoʻza bargining anatomiya va morfologiyasidagi oʻzgarishlarni oʻrgangan. Oʻzbekiston foydali yovvoyi oʻsimliklari anatomiyasi, sitoembriologiyasi va choʻl yaylovlarining fitomelioratsiyasi maktabi asoschisi. S. rahbarligida 12 jildli "Foydali oʻsimliklar morfobiologiyasi" (T., 1964—93) nashr etilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyot

tahrir
  • Botanika oʻsimliklar fiziologiyasi asoslari bilan (hamkorlikda), T., 1972; Choʻl oʻsimliklarining ekologik anatomiyasi (hamkorlikda), T., 1991.