Joʻji ulusi
(Jo‘ji ulusidan yoʻnaltirildi)
Joʻji ulusi - Chingizxon tomonidan 1224 y. qilingan taqsimga koʻra Joʻjixon va uning xonadoniga merosiy boʻlib tekkan yer mulki. Unga Irtish daryosidan Uralga qadar va undan Gʻarbga tomon "moʻgʻul otlari tuyogʻi yetgunga qadar" boʻlgan yerlar kirgan; Janubda J. u. Chigʻatoy ulusi bilan chegaradosh boʻlgan. Shim. Xorazm, Amudaryo va Sirdaryoning quyi etaklari ham J. u.ga tobe boʻlgan. Joʻjixonning qarorgohi Irtish daryosi vodiysida boʻlgan. Botuxonning Sharqiy Yevropaga qilgan istilochilik yurishlari natijasida J. u. juda ulkan hududni qamrab olgan va u 13-asr oʻrtalariga kelib Moʻgʻullar davlatida amalda mustaqil boʻlgan (yana q. Oltin Oʻrda).[1]