Johannes Peter Müller
Mashhur fiziolog olim Iogann Myuller (1801-1858 yy.) Germaniyalik mashhur faylasuf.
Kashfiyotlari
tahrirTashqi hissiyotning o‘ziga xos energiyasi qonunini kashf qildi. Mazkur qonun bo‘yicha, hissiyot — bu narsalarning yoki tanalarning tashqi holatini, sifatini ongga yetkazuvchi mexanizm emas, balki hissiyot — bu tashqi sabablar taʼsir natijasida bizning asablarimiz orqali ongga boruvchi sifatlardir. Ana shu Myuller tomonidan kashf qilingan qonun XIX-asrning ikkinchi yarmida rivojlantirilib keng tarqaldi.
Qonuni
tahrirMyuller qonuniga binoan, bir xil tashqi taʼsirlantiruvchilar ko‘zning to‘rsimon qobig‘iga taʼsir etib, nur (yorug‘lik) sifatida qabul qilinadi, terida esa issiqlik hissiyotini uyg‘otadi. Va aksincha, turli taʼsirlantiruvchilar bir xil hissiyot uyg‘otishi mumkin. Xuddi ana shu kuzatish va umumlashtirish tabiatshunoslar o‘rtasida Kant bilish nazariyasining subyektiv-idealiatik tomoniga katta qiziqish uyg‘otdi, Demak, ular bundan xato xulosa chiqardilar, yaʼni bizning hissiyotimiz, tajribamiz faqat bizning tuzilishimiz mahsulidir. Bizning ichki holatimiz tashqi taʼsirlantiruvchilar natijasida namoyon bo‘lishi mumkin, lekin tashqi olam obyektlarining haqiqiy tabiati haqida hech qanday maʼlumot bermaydi.
Adabiyotlar
tahrirGʻarb falsafasi tarixi. Toshkent 2018
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |