Ekls, Ekkls Jon Keryu (1903.27.1, Melburn 1997.2.5, Shveysariya) — avstraliyalik fiziolog. Melburn universiteti (1925) va Oksforddagi Magdalen kollejini tugatgan (1929), 1927—37 yillarda Oksfordda Ch. Sherrjgton rahbarligida ishlagan. Sidneydagi patologiya instituti direktori (1937—44). Otago (Yangi Zelandiya) universitetida fiziologiya professori (1944—51). Kanberra Avstraliya milliy universitetida fiziologiya professor (1951—66). Chikago instituti va Nyu-York universitetida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Ilmiy faoliyati nerv hujayralaridagi elektrik jarayonlarga oid. Ekkls nerv hujayralarida qoʻzgʻalish va tormozlanishning ion mexanizmlarini oʻrgangan, bir hujayrada hosil boʻlgan nerv impulslari ikkinchi hujayraga qanday oʻtkazilishini koʻrsatib bergan. London qirollik jamiyati aʼzosi (1941-yildan), Nobel mukofoti laureati (1963; AL.Xojkin va A.F. Xaksli bilan hamkorlikda)[1].

John Eccles

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil