John Kennedy

AQSh prezidenti (1961–1963)
(John F. Kennedydan yoʻnaltirildi)

John Fitzgerald „Jack“ Kennedy (1917-yil 29-may, Brookline, Massachusetts – 1963-yil 22-noyabr, Dallas, Texas) — Amerika Qoʻshma Shtatlarining 35-prezidenti (1961–1963), Demokratlar partiyasidan saylangan. AQSh floti ofitseri (1941–1945), AQSH kontressi aʼzosi (1947–1961). Prezidentlik davrida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturi (qashshoqlikka qarshi kurashish, qora tanli aholining fuqarolik huquklarini himoya qilish va boshqalar)ni olgʻa surgan. Harbiy bloklar va AQSh qurolli kuchlarini mustahkamlash tarafdori boʻlgan. Shu bilan birga SSSR bilan boʻlgan munosabatlarda birmuncha realistik yoʻl tutish yoʻlidan borgan; atmosfera, kosmik fazo va suv ostida yadro quroli sinovini taqiqlash toʻgʻrisidagi Moskva bitimini imzolagan (1963). Dallasda suiqasd qurboni boʻlgan[2].

John F. Kennedy

Oval ofisdagi portreti, 1963-yil
35-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti
Mansab davri
20-yanvar 1961-yil – 22-noyabr 1963-yil
Vitse-prezident
  • Lyndon B. Johnson
Oʻtmishdoshi Dwight D. Eisenhower
Vorisi Lyndon B. Johnson
Amerika Qoʻshma Shtatlari Senatori (Massachusetts shtati)
Mansab davri
3-yanvar 1953-yil – 20-dekabr 1960-yil
Oʻtmishdoshi Henry Cabot Lodge Jr.
Vorisi Benjamin A. Smith ll
AQSh Kongressi Vakillar Palatasining aʼzosi Massachusets shtatining 11-okrugidan
Mansab davri
3-yanvar 1947-yil – 3-yanvar 1953-yil
Oʻtmishdoshi James Michael Curley
Vorisi Tip OʻNeill
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
John Fitzgerald Kennedy

29-may 1917-yil
Brookline Massachusetts , Qoʻshma Shtatlar
Vafoti 22-noyabr 1963-yil(1963-11-22)
(46 yoshda)
Dallas, Texas, Qoʻshma Shtatlar
Oʻlim sababi Suiqasd
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Siyosiy partiyasi
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari 4 ta
Ota-onasi Joseph Patric Kennedy
Taʼlim Garvard Universiteti, San'at bakalavri
Dafn etilgan joyi Arlington milliy qabristoni
Imzosi
Harbiy xizmatlari
Xizmat yillari 1941–1945
Unvoni Leytenant
Unit South Carolina Militia (1780–81)
Tennessee Militia (1792–1821)
United States Army (1814-1821)
Janglari
Mukofotlari
  • Navy and Marine Corps Medal
  • Purple Heart
  • American Defense Service Medal
  • American Campaign Medal
  • Asiatic–Pacific Campaign Medal (3 ta xizmat yulduzi bilan)
  • World War II Victory Medal[1]

Shaxsiy hayoti

tahrir

Kennedylar oilasi Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi eng nufuzli oilalaridan biri boʻlgan. Kennedylar oilasidan bitta prezident, 3 ta senator, 3 ta elchi hamda bir qancha siyosatchilar yetishib chiqqan. Kennedy kongressmen sifatida 1951-yilda Hindiston, Yaponiya, Vyetnam va Isroilga yetti haftalik safarini boshlaydi. Safar davomida 25 yoshdagi Robertni hamda uning opasi boʻlgan 27 yoshli Patricia bilan yaqindan tanishib oladi. Ular birgalikda 25 000 milyani (40 000 km) birga bosib oʻtdilar va shu uzoq muddatli safar ularni yanada yaqin doʻstlar boʻlishiga sabab boʻladi. 2024-yilga kelib Kennedyning jiyani boʻlmish Robertning oʻgʻli kichik Robert 2024-yilda prezidentlikka daʼvogarlik qilmoqda[3][4][5][6].

Kennedy kongressmenligida boʻlajak ayoli Jacqueline Kennedy Onassisni uchratadi. Jurnalist Charles Bartlett kechki ovqat paytida ularni tanishtirib qoʻyadi[7]. Ular 1953-yil 12-sentyabrda turmush qurishadi[8]. Turmush qurganlaridan soʻng 1955-yilda farzandlarini abort qilishadi, 1956-yilda esa qizi Arabelle oʻlik tugʻiladi. 1957-yilda Carolina ismli qizlari tugʻiladi. 1960-yil noyabr oyida John ismli farzandi dunyoga keladi, shunday 17 kun oʻtgach Kennedy prezidentlikka saylanadi. Kennedy respublikachilardan boʻlgan raqibi, amaldagi vitse-prezident Richard Nixonni qiyinchilik bilan magʻlub etib, prezident etib saylandi. 1999-yilda John Kennedyning oʻgʻli aviahalokatda vafot etadi.

Manbalar

tahrir
  1. „John F. Kennedy Miscellaneous Information“. John F. Kennedy Presidential Library & Museum. 2009-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-fevral.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. „Robert F. Kennedy Jr. files paperwork to run for president as a Democrat“ (en). CNN (2023-yil 5-aprel). 2023-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-may.
  4. Kelly Garrity. „Robert F. Kennedy Jr. running for president in 2024“. Politico (2023-yil 5-aprel). 2023-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-aprel.
  5. „Statement of Candidacy“. docquery.fec.gov (2023-yil 5-aprel). 2023-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-aprel.
  6. „Robert F. Kennedy Jr. files paperwork to run for president as a Democrat“ (en). CBS (2023-yil 5-aprel). 2023-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-may.
  7. Cover story, Time magazine, January 20, 1961
  8. Specious allegations in 1997 by UK journalist Terry OʻHanlon Golden, Andrew. „JFK The Bigamist. ... . The Truth At Last; Kennedy was already married when he got wed to Jackie. ... .“. Sunday Mirror (1997-yil 27-iyul). 2023-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-oktyabr. and by author Seymour Hersh Reingold, Joyce „JFK 'Secret Marriage' A Story With Legs“. Palm Beach Daily News (2008-yil 26-mart). 2011-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-oktyabr. that Kennedy had married previously have been soundly disproven. Reeves states that Ben Bradlee, then at Newsweek, inspected FBI files on it, and confirmed the falsehood. Reeves 1993, s. 348; for further refutation, see O'Brien 2005, s. 706.

Havolalar

tahrir