Jolliboy Izentayev
Izentayev Jolliboy Tanirbergen oʻgʻli (1943.29.2, Qoʻngʻirot tumani) — rangtasvirchi rassom, Oʻzbekiston BA ning akad. (1997), Oʻzbekiston xalqras-somi (2000). Respublika rassomlik bilim yurti (1966) va Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini (1974) tugatgan. Nukus sh. badiiy hunar i.ch. ustaxonasida rassom (1974—79), 1979 y.dan Qoraqalpogʻiston rassomlar uyushmasi boshqaruvi raisi hamda 1997 y.dan Oʻzbekiston BA Qoraqalpogʻiston boʻlimining raisi. I.ning turli janrlarda yaratilgan asarlarida Qoraqalpogʻiston tabiati, manzarasi, qoraqalpoq xalqi, uning dardi, kechasi, buguni oʻz aksini topgan. Tarixiy mavzudagi yirik asarlar ("Umid yoʻlida" va "Begjap fojiasi", 1983), psixologik portretlar ("A. Jumamuratov", 1976; "Ona portreti", 1978; "Avtoportret", 1980; "I. Yusupov", 1981; "A. Otaboyev", 1982 va b.), manzaralar ("Xiva. Changli kun", 1979; "Koʻhna oʻrganch. Bozor", 1979; "Bahorda Nukus", 1982; "Qoraqalpogʻistonda kuz", 1986; "Qizketganda tong", 1994; "Yashil hovli", 1994 va b.), natyurmortlar ("Qumgʻonli natyurmort", 1984; "Niqobli natyurmort", 1987 va b.) va b. asarlar muallifi. Orol muammolariga bagʻishlangan asarlar turkumini yaratdi ("Moʻynoq. Qumdagi saksovul", 1988; "Kemalar qabristoni", 1989; "Moʻynoq", "Chekinayotgan dengiz tubi", 1989 va b.). Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1983).[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |