Jome masjidi (Kalaburagi)
Jamiya masjidi Gulbarga – Hindistonning Karnataka shtatidagi Kalaburagi (Gulbarga) shahrida joylashgan masjid[1].
Masjid | |
Jome masjidi
| |
Masjidning tepalikdan koʻrinishi | |
Mamlakat | Hindiston |
Shahar | Kalaburagi |
Koordinatalar | 17°21′37″N 78°28′24″E / 17.360305°N 78.473416°E |
Meʼmor | Rafi |
Asosiy sana: 1367-yil
| |
Maqomi | jome masjidi |
Hajmi | 2000 kishi |
Gumbazlar soni | 1 ta katta, 4 ta oʻrtacha, 107 ta kichik |
Gumbazlar soni | 1 ta katta, 4 ta oʻrtacha, 107 ta kichik |
Jome masjidi (Kalaburagi) Vikiomborda |
Inshoot Bagama sultoni Muhammadshoh tomonidan varangallik kapaya nayaka ustidan gʻalaba qozonilganidan soʻng qurdirilgan. Bu Janubiy Osiyodagi masjid arxitekturasining eng yaxshi namunalaridan biri hisoblanadi. Jome masjidi arkasining dizayni Hindistonning Haydarobod shahridagi ispan masjidining interyerida ham aks ettirilgan. Bu Hindistondagi ikkita noodatiy masjid boʻlib, ularning ichki koʻrinishi Ispaniyadagi Kordova Buyuk soboriga oʻxshab ketadi[2].
Majmua UNESCO tomonidan 2014-yilda Umumjahon madaniy merosi obyekti boʻlishi uchun „taxmiy roʻyxat“ ga kiritilgan, mintaqadagi boshqa obyektlar qatori u ham Dekan sultonligining yodgorliklari va qal’alari nomi bilan etirof etiladi[3].
Arxitekturasi
tahrirJome masjidida minoralar mavjud emas. Bino Gulbarga qal’asi ichida qurilgan. Inshoot qurilishi haqida qiziqarli hikoyalar mavjud.
Masjid 1367-yilda fors meʼmori Rafi tomonidan qurilgan. Kirish eshigi yaqinida ikkita ulkan qora toshdan oʻyilgan suv saqlash idishlari tashrif buyuruvchilarga namozdan oldin poklanish (tahorat olishi)ga yordam beradi. Asosiy kirish eshigining balandligi 50 fut bo‘lib, masjid boʻylab 250 ta arka joylashtirilgan. Markazda bitta katta gumbaz, har bir burchakda toʻrtta oʻrta gumbaz va 107 ta kichikroq gumbazdan iborat tom mavjud. Gulbargadagi jome masjidiga har kuni (shanbadan tashqari) ertalab soat 9.00 dan 17.00 gacha kirish mumkin.
Masjidga kelganlar unga yaqin joylashgan Yadagiri qal’asi (85 km), Basavakalyana (82 km) singari tarixiy obyektlarga ham tashrif buyurishi mumkin.
Kalaburagi Bengalurudan 575 km uzoqlikda joylashgan. Kalaburagi oʻz aeroportiga ega, u shahar markazidan 15 km uzoqlikda joylashgan, Bengalurudan haftasiga 3 marta parvoz amalga oshiriladi. Bidardagi yana bir aeroport Kalaburagidan 110 km uzoqlikda joylashgan. Kalaburagida temir yoʻl stansiyasi va Karnatakaning turli qismlaridan qatnovchi yaxshi avtobus aloqasi yoʻlga qoʻyilgan[2].
Galereya
tahrir-
Jome masjidining ichki interyeri
-
Jome masjidining ichki interyeri (arkalar)
-
Masjid ichidagi arkalar.
-
Masjid ichidagi arklarning toʻgʻridan koʻrinishi.
-
Mavriy uslubida qurilgan masjidning kirish qismi.
-
Masjidning koʻrinishi, musson davrida, mavsumiy oʻtlar bilan qoplangan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Haig, Major Thomas Wolseley. Historic Landmarks Of The Deccan, 1907 — 85-86-bet.
- ↑ 2,0 2,1 „Archnet“. 2010-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-aprel.
- ↑ UNESCO „tentative list“