Jom jangi
Jom jangi (1528.24/28.9)- shayboniy sultonlar bilan safaviylaraan boʻlgan Eron shoqi Taxmasp I qoʻshinlari oʻrtasida Jom viloyati (Xuroson) ning Hargerd (Xusravjird) nohiyasiga qarashli Zurobod mavzeida sodir boʻlgan jang . Shayboniylar Eronga qilgan yurishlariga diniy tus berib, shialarga qarshi gʻazot eʼlon qilganlar. Natijada qoʻshin tarkibida savobtalab darveshlaru ruxrniylar, olimlaru sanʼat axdpari, kosibhunarmandlaru dehqonlar ham qoʻshilib, jami 105 ming kishini tashkil qilgan. Shoh Taxmasp I qoʻshini 24 ming jangchidan iborat boʻlgan. Jang shu kunning peshinigacha davom etgan, safaviylar yengilib, Taxmasp 1 oz sonli askarlari bilan jang maydonidan qochgan. Biroq gʻalaba nashidasini barvaqt surishga kirishib ketgan shayboniylar qoʻshini oʻlja izlash uchun tarqab ketgan. Shunda, Iskandar Munshiynmnt yozishiga koʻra, safaviylarning 3 ming nafar otliq qoʻshini (shundan 1700 tasi qurchilar) Ubaydullaxon va Koʻchkunnixon rahbarlik qilayotgan shayboniylar qoʻshinining markaziga toʻsatdan zarba berib, raqiblarini parokanda qilib yuboradi. Shayboniy sultonlar jang maydonini tashlab qochadi. Minglab kishilar qilich zarbidan va yana qanchalari daryoga choʻkib, koʻplar esa togʻu dashtlarda adashib halok boʻladi.
A.Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |