Jorjone
Jorjone (Giorqione; asli Jorjo Barbarelli da Kastelfranko, Barbarelli da Castelfranco, 1476 yoki 1477, Kastelfranko — 1510, Venetsiya) — italiyalik rassom, Venetsiya maktabi namoyandasi; Yuksak Uygʻonish davri asoschilaridan. Tabiat, inson va hayotga muhabbatni koʻtarinki ruhdagi rang-tasvir asarlarida ifodalagan J. ijodida tasviriy butunlikka, shaffof nursoya, boʻyoq surtmalari vositasida inson qiyofasini tabiat (manzara) bilan uygʻunlashuviga erishgan. Diniy mavzudagi ("Choʻponlarning sigʻinishi" va b.) asarlar bilan bir qatorda muhim ahamiyatga ega boʻlgan dunyoviy mazmundagi (asosan afsonalar asosida) asarlar ham yaratgan: "Yudif" (taxminan 1502), "Uch faylasuf", "Uyqudagi Venera" va b. J.ning badiiy merosi zamondoshlari tomonidan keng eʼtirof etilgan, shogirdlari (Titsian va b.) tomonidan rivojlantirilgan.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |