José Echegaray (19-aprel 1832 – Madrid – 14-sentyabr 1916) – ispan dramaturgi. Matematika va fizika professor (1854—68). Ispaniya qirollik akademiyasi aʼzosi (1884). Dastlab siyosiy faoliyat bilan shugʻullangan. 1868-yil ijtimoiy ishlar vaziri, bir yildan soʻng savdo vaziri boʻlgan. Ispaniya parlamentiga saylangan. Adabiy faoliyat bilan shugʻullana boshlagach yaratgan ilk pyesalari: „Qilich dastasida“ (1875), „Oʻlim quchogʻida“ (1879) – romantizmning ispan dramaturgiyasidagi oʻziga xos qayta tiklanishidir. Echgaray hozirgi hayotni tasvirlovchi realistik pyesalari („Telbalik va avliyolik“, 1877; „Buyuk Galeoto“, 1881)da oʻsha davr aristokratiyasi axloqini fosh qiladi, naturalistik dramaning asosiy qoidalarini asoslab beradi. Uning „Don Juanning oʻgʻli“ (1892), „Aqldan ozgan xudo“ (1900) kabi psixologik dramalarida norveg dramaturgi G.Ibsenning taʼsiri sezilib turadi. Jami 60 ta pyesa yozgan, ularning yarmi nazmda bitilgan. Nobel mukofoti laureati (1904)[3].

José Echegaray
Tavalludi 19-aprel 1832[1]
Vafoti 14-sentyabr 1916
Ijod qilgan tillari Ispan tili
Fuqaroligi Ispaniya[2]

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil