James Prescott Joule (talaffuzi: Jeyms Preskott Joul; 24-dekabr 1818-yil, Solford, Lankashir, Angliya  – 11-oktabr 1889-yil, Seyl, Cheshir, Angliya) — ingliz fizigi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1850-yildan). Ilmiy ishlari elektromagnetizm va issiqlikka oid. Energiyaning saqlanish qonunini tajribada asoslagan. Issiqlikning mexanik ekvivalentini topgan. Joule oʻtkazgichdan tok oʻtganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori tok miqdori kvadratiga va elektr qarshiligiga toʻgʻri mutanosib ekanligini (Joule—Lenz qonunini, Emil Lenzdan mustaqil ravishda) asoslagan (1841), issiqlikning mexanik ekvivalentini aniqlagan (1843). Joule ingliz fizigi William Thomson bilan birga gaz gʻovak toʻsiqlardan oʻtganida uning temperaturasi oʻzgarishini tajribada koʻrsatib bergan (1854). Bu hodisa Joule–Thomson effekti deb ataladi va u gazlarni suyultirishda muhim oʻrin egallaydi. Joule termodinamik temperatura shkalasini hisobladi, temperatura tushunchasini fanga kiritdi, magnitning toʻyinishini payqadi va boshqa ishlar bilan shugʻullandi.[1]

James Prescott Joule
Tavalludi 24-dekabr 1818
Vafoti 11-oktyabr 1889
Fuqaroligi United Kingdom of Great Britain and Ireland va Birlashgan Qirollik
Otasi Benjamin Joule
Onasi Alice Prescott

Nashr etilgan ishlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil