Jovenel Moïse
Jovenel Moïse (gaiti kreol Jovenel Moïse — talaffuzi: Jovenel Moiz); Gaitilik biznesmen va siyosatchi. 2017-yil 7-fevraldan 2021-yil 7-iyulgacha Gaiti prezidenti.
Tarjimai holi
tahrirJovenel Moïse Gaitining Shimoli-Sharqiy departamentidagi Trou du Nord shahrida tugʻilgan. Otasi savdogar va fermer, onasi tikuvchi boʻlgan. 1974-yil Port-o-Prens shahriga koʻchib oʻtishganidan keyin, Jovenel oʻsha yerda taʼlim olgan[1].
1996-yil maktab davridan beri qiz oʻrtogʻi boʻlgan Martine Marie Étienne Josephga uylangan. Ularning uchta farzandi bor. Uylangan yili poytaxtdan Port-de-Pe shahriga koʻchib oʻtgan va u yerda oʻzining birinchi, JOMAR Auto Parts kompaniyasiga asos solgan. Shimoli-Gʻarbiy departamentda banan plantatsiyasiga ega boʻlib, qishloq xoʻjaligi ishlari bilan ham shugʻullangan. 2001-yil Gaitining Shimoli-Sharqiy va Shimoli-Gʻarbiy departamentlarida gidroelektrostansiya va suv tarmoqlarini qurgan[1].
2004-yil Shimoli-Gʻarbiy departamentning Savdo va Sanoat Palatasi (CCINO) aʼzosi boʻlgan. Keyinroq shu palata raisi, undan keyin esa Gaiti Savdo va Sanoat Palatasi (CCIH) bosh kotibi boʻlgan. 2008-yil Shimoli-Gʻarbiy departamentning 10 ta munitsipalitetiga quyosh va shamol energiyasini yetkazib bergan Compagnie Haïtienne d’Energie S.A. (COMPHENER S. A.) energetik kompaniyasiga asos solgan. 2012-yil Gaitida birinchi qishloq-xoʻjalik mollari erkin savdo hududi tashkil etilishiga asos boʻlgan Agritrans kompaniyasiga asos solgan.
Suiqasd
tahrir2018-yil 17-oktabrda Jean-Jacques Dessalines vafotining 212 yilligi tadbirida Jovenel Moïse nomaʼlum shaxslar tomonidan oʻqqa tutiladi. Moïsening oʻziga jiddiy shikast yetmaydi, uning uch nafar qoʻriqchisi jarohatlanadi[2][3].
Oʻldirilishi
tahrir2021-yil 7-iyul kuni Palerinadagi Gaiti prezidenti qarorgohiga hujum amalga oshirildi. Jovenel Moïse „kolt“ rusumli pistoletdan otib oʻldirildi, ayrim manbalarga koʻra, unga avtomatdan ham oʻq uzilgan[3] [4][5]. Xotini Martine Moïse hujum vaqtida olgan jarohatlari oqibatida shifoxonaga yotqizilgan[3][6][7]. Prezidentning oʻldirilishi oqibatida mamlakatda ikki haftalik motam va harbiy holat eʼlon qilindi. Moïseni oʻldirganlikda ayblanib bir necha kishi qoʻlga olindi, mamlakat bosh vazirining soʻzlariga koʻra, jinoyatchilardan ayrimlari ingliz va ispan tillarida gaplashishgan[8].
Venesuela milliy assambleyasi spikeri Xorxe Rodrigesga koʻra, Gaiti prezidentini oʻldirishda aloqador boʻlgan «CTU Security» qoʻriqlash firmasi yana bir davlat rahbariga qilingan suiqasdda ishtirok etgan. Ushbu qoʻriqlash firmasiga Antonio Itrigato boshchilik qiladi. 2018-yilda Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga ham suiqasd amalga oshirgan. Mamlakat milliy assambleyasi spikerining ta’kidlashicha, bu haqda yetarli hujjatlar mavjud[9]. Ammo marhumning rafiqasi Martine Moïse yollanma qotillar qotillikni moliyalashtira olmasdi, qotillikni mamlakatdagi oligarxlar uyushtirgan, deb hisoblaydi. Bunday deb oʻylashiga qotillik yuz bergan kuni qarorgohni qoʻriqlagan 50 chogʻli qoʻriqchilardan birortasi hatto jarohat ham olmagani sabab ekanini aytadi[10].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Jovenel Moïse : un entrepreneur né — Quotidien Le National“ (deadlink). 2016-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-dekabr. „arxiv nusxasi“. 2016-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-iyul.
- ↑ „Убит президент Гаити Жовенель Моиз“ (ru). Meduza. Qaraldi: 2021-yil 7-iyul.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Гаити президенти ўз қароргоҳида отиб ўлдирилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 7 июль.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Le président Jovenel Moïse assassiné chez lui par un commando armé“. Le Nouvelliste. 7-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2021-yil.
- ↑ „Haïti : le président Jovenel Moïse assassiné par un commando“. Libération. 7-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2021-yil.
- ↑ „Haïti : le président Jovenel Moïse assassiné“. France 24 (7-iyul 2021-yil). 7-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2021-yil.
- ↑ „Haitian President Jovenel Moise assassinated overnight at private residence“. France24 (7-iyul 2021-yil). 7-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2021-yil.
- ↑ „Гаити президентини ўлдиришда гумонланаётганлар қўлга олинди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 8 июль.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Гаити президентини ўлдирганлар яна бир давлат раҳбарига қарши суиқасдга алоқадорлиги айтилди“. Bugun.uz. 2021-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 14 июль.
- ↑ „Гаити президентининг рафиқаси турмуш ўртоғини ким ўлдирганини айтди“. Bugun.uz. 2021-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 31 июль.