Jovvat Hojiyev (1938.4.7, Toshkent) — matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), fizikamatematika fanlari doktori (1977), professor (1979). Mosk-va universitetining mexanika-matematika fakultetini (1962) va aspiranturasini (1965) tugatgan. 1965-yildan Toshkent universitetida assistent (1965—67), katta oʻqituvchi (1967—69), dotsent (1969-78), professor (1978-98), matematika fakulteti dekani (1971—85), algebra va sonlar nazariyasi kafedrasi mudiri (1985—98). Ilmiy ishlari in-variantlar nazariyasi va uning tat-biqlari (xususan egri chiziqlar va sirtlar differensial geometriyasi)ga, /-gruppoidlar nazariyasi va ularning tatbiklari (xususan, qator algebraik sistemalarning tub radikalining xossalarini oʻrganish)ga hamda funksional analiz topologik yarim maydonlar nazariyasiga, lokal-kompakt gruppalarning lokal qabariq fazolardagi tasvirlar nazariyalariga oid. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti lau-reati (1995).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

As.Teoriya invariantov binarnix form, T., 1978; Prilojeniye teorii invariantov k differensialnoy geometrii krivmx, T, 1988; Algebra va sonlar nazariyasi kursi (darslik) (hamkorlikda), T., 2001.