Juhor ad-Dik
Juhor ad-Dik (arabcha: جحر الديك) Gʻazo gubernatorligining Gʻazo shahri janubida, Markaziy Gʻazo sektorida joylashgan dehqonlar qishlogʻi. Falastin Markaziy Statistika Byurosi (PCBS) maʼlumotlariga koʻra, 2017-yilda qishloqda 4586 nafar aholi istiqomat qilgan. Bu hudud Isroil-Hamas urushidan soʻng Isroil tomonidan nazorat qilinadi. 2024-yil may oyida Washington Post gazetasi Netzarim koridorini qurish uchun qishloq vayron qilingani haqida xabar berdi[1].
Juhor ad-Dik | |
---|---|
31°27′14″N 34°25′43″E / 31.45389°N 34.42861°E | |
Mamlakat | Falastin |
Gubernatorlik | G'azo |
Aholisi (2017) |
4 586 |
Zichligi | auto kishi/km2 |
|
Tarixi
tahrir2009-yilgi Isroil bosqinchiligi
tahrir2009-yilda Isroilning Gʻazo sektoriga bosqini chogʻida Isroil qoʻshinlari va Falastin askarlari Juxor ad-Dikda tez-tez toʻqnash kelishgan, mojaro tugagunga qadar qishloqning 100 dan ortiq uylari Isroil kuchlari tomonidan buldozer bilan vayron qilingan[2][3].
2014-yilgi Isroil bosqinchiligi
tahrirQishloq 2014-yilgi Gʻazo urushi paytida juda katta aziyat chekadi. Oʻsha vaqtda isroil kuchlari koʻplab binolarni vayronaga aylantiradi[4]. 2015-yilning yanvarida, The New Arab gazetasiga koʻra, urushdan keyin qishloqda „birorta ham uy qolmagan“[5]. Isroilning „Breaking the Silence“ nodavlat tashkiloti Isroil harbiy kuchlarining zirhli korpusidagi katta serjanti bilan anonim intervyusini chop etadi, u oʻz boʻlinmasi IDF Caterpillar D9 buldozerlari yordamida qishloqdagi uylar va daraxtlarni qanday vayron qilganini aytib berdi[6].
2014–2023
tahrirGʻazo sektorining shimolidagi eng katta chiqindixona Gʻazo chegara devoridan taxminan 500 metr uzoqlikda, Juhor ad-Dik hududida joylashgan[7]. 2023-yil sentabr oyidagi kuchli issiqlik bu yerda bir necha kun davom etgan yongʻinning boshlanishiga sabab boʻldi[8]. 2023-yilgi Isroil-Xamas urushi davrida Gʻazo shahri koʻchalarida chiqindilar toʻplana boshladi, chunki shahar axlatchilari Isroilning kuchli bombardimonlari tufayli ularni Juhor ad-Dikdagi chiqindixonaga olib oʻta olmadilar[9].
2023-yilgi Isroil bosqinchiligi
tahrir2023-yilning 28-oktabr kuni Isroil mudofaa kuchlari qoʻshinlari Juhor ad-Dik hududidagi al- Bureyj qochqinlar lagerining sharqidagi Gʻazo sektoriga reydini amalga oshirdi[10]. Isroilning Gʻazo sektoriga bostirib kirishi chogʻida Juhor ad-Dik yaqinidagi isroilning piyoda askarlari va zirhli texnikalari tez-tez Hamasning Izz ad-Din al-Qassam brigasi tomonidan pistirmalar, minomyot hujumlari va tankga qarshi hujumlari nishoniga aylangan[11].
Demografiyasi
tahrir1997-yilda PCBS tomonidan roʻyxatga olingan Falastinlik qochqinlar aholining 72,3 foizini tashkil etgan, bu oʻsha paytda 2275 kishiga teng edi[12].
Manbalar
tahrir- ↑ What Israel’s strategic corridor in Gaza reveals about its postwar plans, By Loveday Morris, Evan Hill, Samuel Granados and Hazem Balousha, Published May 17, 2024 at 5:00 a.m. EDT, https://www.washingtonpost.com/world/2024/05/17/gaza-israel-netzarim-corridor-war-hamas/
- ↑ Palestinian fighters kill Israeli soldier, claim extensive action throughout Gaza (Wayback Machine saytida 2016-03-05 sanasida arxivlangan) Ma'an News Agency.
- ↑ Sabrina Tavernise. „Debating the Blame for Reducing Much of a Village to Rubble“. The New York Times (2009-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 12-noyabr.
- ↑ „Gaza Village in Ruins After Israeli Attacks“. Yahoo!. Qaraldi: 2023-yil 12-noyabr.
- ↑ Alice Gray. „Do it yourself in besieged Gaza“. The New Arab (2015-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 12-noyabr.
- ↑ „“Check it out, there’s nothing at all left of Juhar al-Dik”“. Breaking the Silence. Qaraldi: 2023-yil 12-noyabr.
- ↑ „Waste Away: Living next to a dumpsite“. United Nations Office for the Coordination of Humanitarian Affairs (2020-yil 20-iyul). Qaraldi: 2023-yil 12-noyabr.
- ↑ „Gaza landfill fire rages for days, officials appeal for help“ (en). Middle East Monitor (2023-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-noyabr.
- ↑ „بلدية غزة تحذر من تداعيات تكدس آلاف أطنان النفايات“ (ar). Al-Dustour Newspaper (2023-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ Ravid, Barak. „Israeli military launches major ground incursion in Gaza“. Axios (2023-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ „Israel-Hamas War (Iran Updates)“. Institute for the Study of War. Qaraldi: 2023-yil 12-noyabr.
- ↑ Palestinian Population by Locality and Refugee Status (Wayback Machine saytida 2008-01-07 sanasida arxivlangan) Palestinian Central Bureau of Statistics (PCBS).