Jumabay Tashenov (qozoqcha: Жұмабай Тәшенов) (1925-yil 15-dekabr, Toʻrgʻay, SSSR – 1994) – qoraqalpoq va qozoq yozuvchisi, tarjimon, shoir, dramaturg va ssenariynavis. Bir necha davlat mukofotlari sohibi

Jumabay Tashenov
Tavalludi 1925-yil 15-dekabr
Vafoti 1994
Kasbi shoir, yozuvchi

Biografiyasi

tahrir

1925-yil 15-dekabrda Qoraqalpogʻiston ASSR ,Toʻrgʻayda tavallud topgan[1].

1942-yilda urush boshlanishi munosabati bilan armiya safiga safarbar qilingan va butun urush davomida Berlingacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtgan, ikkita orden bilan taqdirlangan[2].

Demobilizatsiyadan soʻng Oʻzbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi huzuridagi partiya maktabiga oʻqishga kirib, uni 1950-yilda tugatgan. 1950-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutining tarix fakultetiga oʻqishga kirib, uni eksternatura boʻyicha tamomlagan va nihoyat Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi aspiranturasiga oʻqishga kirgan va 1945—1947-yillar orasida aspiranturada tahsil olgan, shu bilan bir qatorda, Qoraqalpogʻiston SP dramaturgiya seksiyasiga rahbarlik qilgan.

1947-yilda "Qizilqoraqalpogʻiston „ gazetasi va “Amudaryo" jurnali tahririyatiga ishga kirib, yozuvchi sifatida ilk faoliyatini boshlagan. Bu jurnallar 1961-yilgacha nashr etilgan. 1961-yilda "Qozoqfilm" kinostudiyasi tarkibiga qabul qilingan va muharrir-maslahatchi lavozimida faoliyat yuritgan.

Tashenov sheʼriy toʻplamlar, hikoyalar va romanlarni nashr ettirgan, rus mumtoz va sovet adabiyoti asarlarini qoraqalpoq hamda qozoq tillariga tarjima qilgan. Qoraqalpoq adabiyoti rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi munosabati bilan Jumabay Tashenov hukumatning bir qator faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

Qoraqalpoq tilidagi asarlardan eng mashhuri „Jangdosh doʻstlar“ qissasi hisoblanadi. Bir qator ssenariylar va pyesalar muallifi. U ssenariylarni birinchi navbatda, Igor Savvin bilan birgalikda yozgan.

Manbalar

tahrir