Jumaquli Hakimov (1906-yil, Xiva xonligi – vafot etgan yili nomaʼlum, Chordjou viloyati, Turkmaniston SSR) – sovet iqtisodiyoti, davlat va siyosiy arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957-yil)[1].

Jumaquli Hakimov
Tavalludi 1906-yil
Xiva xonligi
Vafoti noma'lum
Turkmaniston SSR
Fuqaroligi sovet
Partiyasi Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi
Mukofotlari Sotsialistik Mehnat Qahramoni, Lenin ordeni, Oktyabr Inqilobi ordeni, Vatan urushi ordeni, Mehnat Qizil Bayroq ordeni, „Shavkatli mehnat uchun“ medali,

1930-yildan – iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda ishlay boshlagan. 1930—1980-yillarda – dehqon, komsomol va partiya tashkilotchisi, Turkmaniston Kommunistik partiyasi Xalach tuman qoʻmitasi kotibi, birinchi kotibi, Turkmaniston SSR Chordjou viloyati, Chordjou tumani, Maksim Gorkiy nomidagi kolxoz raisi lavozimlarida ishlagan.

Hayoti

tahrir

1906-yilda Xiva xonligi (hozirgi Turkmanistonning Lebap viloyati atroflarida) hududida tugʻilgan. Millati boʻyicha turkman. Sovet Ittifoqi Kommunistik partyasi aʼzosi.

Ulugʻ vatan urushi boshlanishidan oldin Turkmaniston Kommunstik (bosheviklar) partiyasi Xalachi tumani qoʻmitasi kotibi boʻlib ishlagan va 1939-yil noyabr oyida paxta va chorvachilik boyicha tuman rejasini ortigi bilan bajarganligi uchun Menhat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan. Urush yillarida Jumaquli Hakimov Turkmaniston SSR ning Chordjou viloyatining Halachi tumani kommunistlariga rahbarlik qilishni davom ettirgan va davlat topshiriqlarini muvafaqiyatli bajarganligi uchun ikki marta Lenin ordeni bilan taqdirlangan. Keyinchalik Chordjou viloyatidagi Maksim Gorkiy nomidagi paxta yetishtiruvchi kolxozga rahbarlik qilgan, u kelganidan soʻng Chardjou viloyati paxta yetishtirish boʻyicha yetakchi xoʻjalik aylangan[2].

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1957-yil 14-fevraldagi farmoni sovet paxtachiligini rivojlantirishdagi ulkan muvafaqiyatlari, paxta yetishtirishda fan yutuqlari va ilgʻor tajribalardan keng foydalanganlik, paxta xomashyosidan yuqori va barqaror hosil olinishi, chorvachilik va qishloq xoʻjaligning boshqa tarmqlarini rivojlantirishda erishilgan muvaffaqiyatlari uchun u Lenin ordeni va O‘roq va Bolg‘a oltin medali bilan birgalikda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Keyingi yillarda u rahbarlik qilgan Maksim Gorkiy nomidagi kolxoz paxta yetishtirsh boʻyicha Chordjou viloyati xoʻjalikalri orasida yetakchilikni qoʻldan boy bermagan va 8-besh yillik (1966—1970-yillar) dagi ish natijalariga koʻra, Jumaquli Hakimov Oktyabr inqilobi ordeni, 1977-yilda paxta rejasni ortigʻi bilan bajarganligi uchun esa Mehant Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan[1].

Turkmaniston SSR Oliy Kengashining 6, 7, 8 va 9-chaqriqlarida deputat sifatida ishirok etgan[3].

Chordjou viloatida (hozirgi Lebap viloyati) da yashagan. Oʻlim sanasi aniqlanmagan. 1980-yildan keyin vafot etgan degan tahminlar mavjud[3].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Turkmenskaya Sovetskaya Ensiklopediya. – 1974—1989.
  2. „Хакимов Джумакулы. Сайт «Герои страны».“.
  3. 3,0 3,1 „„Герои Социалистического Труда Туркмении“.“.