Jurji Zaydon

Jurji Zaydon

tahrir
Jurji Zaydon
Tavalludi 1861-yil 14-dekabr
Bayrut
Vafoti 1914-yil 21-iyul
Qohira
Fuqaroligi Usmonli turk imperiyasi
Kasbi Yozuvchi, shoir, publitsist, o'qituvchi
Sohasi Tarix, adabiyot, publitsistika
Institutlar Bayrutdagi Amerika universiteti

Jurji Zaydon (1861.14.12, Bayrut — 1914.21.8, Qohira) — arab yozuvchisi, publitsist va olimi. U Livan tog'li hududlaridagi qishloq hududida, kambag'al oilada tavallud topgan. Bayrutdagi tibbiyot kollejida oʻqigan (1881—82). 19-asr 80-y.larida Misrga koʻchib kelib, "Al-Hilol" jurnali (1892)ni tashkil qilgan. 3. yangi arab adabiyotida tarixiy roman janriga asos solgan. U "Islom tarixidan qissalar turkumi"ni tashkil etgan 17 ta tarixiy roman muallifi ("Gʻassonlik qiz", 1895 — 96; "Horun ar-Rashidning singlisi", 1906; "Fargʻona kelini", 1907—08 va b.). Mazkur romanlarda 7—13-asrlarda roʻy bergan tarixiy voqealar bayon qilingan. "Fargʻona kelini" romanidagi voqealar Markaziy Osiyoda arablar istilosi davri (7-asr oxiri va 8-asr boshlari)da roʻy bergan. "Mamluklar zulmi", (1893) romani tarixiy mavzuda, "Usmonli turklar davlat toʻntarishi" (1911) romanida esa muallif oʻzi yashagan davrdagi voqealarni qalamga olgan. 3. koʻpgina ilmiy asarlar muallifi: "Islom madaniyati tarixi" (1902—06); "Arab tili tarixi" (1904); "Arab adabiyoti tarixi" (1911 — 14) va b. Asarlari dunyoning koʻpgina tillariga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan ("Fargʻona kelini", 1971). [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil