Jurjoniy koʻchasi (Toshkent)
Jurjoniy koʻchasi — Uchtepa tumani hududida. Shu nomli mahallada joylashgan. Uzunligi 2 km atrofida. Farhod va Nazarbek koʻchalari oraligʻida. 1965-yil 29-iyulda yangi tashkil etilgan koʻchaga Amir Temur davrida yashab ijod etgan yirik mutakallim, shoir, faylasuf va munajjim Jurjoniy (1339-1413) nomi qoʻyilgan[1].
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Uchtepa |
Uzunligi | 2 km |
Kim sharafiga nomlangan | Jurjoniy |
Kesishgan koʻchalar
tahrirYusuf Sakkokiy va Zamaxshariy tor koʻchalari bilan kesishgan.
Binolar
tahrirKoʻcha yoʻnalishida savdo majmualari, aholiga xizmat koʻrsatish servis xizmatlari, umumiy ovqatlanish maskanlari, oilaviy poliklinika, mahalla guzari, toʻyxona, avtobus bekatlari, maktab va bogʻchalar joylashgan. Yaqinida Boʻzsuv kanali, Uchtepa tuman hokimligi, "Bogʻishamol" madaniyat va istirohat bogʻi bor.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.