Juvayn ibn Molik
Juvayn ibn Molik (yoki at-Tamimiy) Karbalo jangida shahid boʻlgan.
Juvayn ibn Molik جُوَین بن مالِک | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 680-yil 10-oktabr (hijriy 61-yil Muharram oyining 10-kuni) |
Oʻlim sababi | Karbalo jangida shahid boʻlgan |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Ali ibn Abu Tolib va Husayn ibn Alining hamro |
Karbalo jangida
tahrirJuvayn ibn Molik Husayn ibn Ali bilan jang qilish uchun Karbaloga Umar ibn Saʼd qoʻshini tarkibida borgan. Ammo Ubayd Alloh ibn Ziyod Husaynning taklifini qabul qilmagani va ular urushga kirishganini koʻrgach, kechasi oʻz qabilasidan bir necha kishi bilan Husaynga qoʻshilgan[1]. Ular yetti kishi boʻlishgani aytiladi[2]. Ashuro kuni Ibn Saʼd lashkarining birinchi hujumida shahid boʻlgan[1]. Uning nomi „Ziyora ash-shuhada“da zikr qilingan: „Juvayn ibn Molik ad-Duboiyga salomlar boʻlsin“[3].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Samāwī. Ibṣār al-ʿayn — 194-bet.
- ↑ Ḥāʾirī Shīrāzī. Dhakhīrat al-dārayn — 400-bet.
- ↑ Majlisī. Biḥār al-anwār — 272-bet. ISBN 964690906X.