Koʻkyongʻoq
Koʻk-Yongʻoq (qirgʻizcha: Көк-Жаңгак) — Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyatidagi shahar. Temir yoʻl stansiyasi. 1500 m balandlikda, Fargʻona tizmasining gʻarbiy etagidagi Surentepa togʻ yon bagʻrida, Qoʻrgʻontosh daryosi sohilida joylashgan. Jalolobod shahridan 28 km, Oʻsh shahridan 88 km uzoqlikda. Yanvarda oʻrtacha harorat —10°, iyulniki 20°. Yiliga 400 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 11 ming kishiga yaqin (2000). 1910 yшдda toshkoʻmir konining ishga tushirilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Toshkoʻmir qazib olinadi. Transport va iqtisodiy aloqalar avtomobil va temir yoʻl orqali amalga oshiriladi. Tikuvchilik fabrikasi, non zavodi, maishiy xizmat koʻrsatish kombinati, 5 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar bilim yurti, 3 kutubxona, kasalxona, poliklinika bor.[2]
Koʻk-Yongʻoq qirgʻizcha: Көк-Жаңгак | |
---|---|
shahar | |
41°02′0″N 73°12′0″E / 41.03333°N 73.20000°E | |
Mamlakat | Qirgʻiziston |
viloyat | Jalolobod viloyati |
Hukumat | |
Asos solingan | 1910 |
Avvalgi nomlari | Кок-Янгак |
Qachondan beri shahar | 1943 |
Maydon | 1,213 km2 (468 kv mi) |
Markazi balandligi | 1 200-1 450 m |
Rasmiy til(lar)i | qirgʻiz tili |
Aholisi (2017) |
10 500 |
Zichligi | 11 400[1] kishi/km2 |
Milliy tarkib | qirgʻizlar, oʻzbeklar va boshqalar |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +9963743 |
|
Tarixi
tahrirGeografiyasi
tahrirKoʻkyongʻoq shahri Koʻkart vodiysining gʻarbiy tomonida, Koʻkart daryosining chap irmogʻi Qoʻrgʻontosh daryosi boʻyida, Serun yaylovi yaqin dengiz sathidan 1200-1500 metr balandlikda joylashgan. 1931-yilda qurilgan Jalolobod – Bagʻish – Koʻkyongʻoq temir yoʻli bor. Jalolobod shahridan 30 kilometr shimoli-sharqda va tuman markazidan 36 kilometr uzoqlikda joylashgan maydoni 12,4 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi. 1926-yilda oʻrganilib, 1952-yilda ochilgan Koʻkyongʻoq gips koni, shuningdek 1910-yildan beri qazib olinayotgan Koʻkyongʻoq koʻmir koni Oʻrta Osiyodagi eng yirik koʻmir konlaridan biridir[4].
Aholisi
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 2017-жылдагы Кыргыз Республикасынын облустарынын, райондорунун, шаарларынын, шаар тибиндеги кыштактарынын калкынын саны, Численность населения Кыргызской Республики на 1 января 2017 года
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ 2017-жылдагы Кыргыз Республикасынын облустарынын, райондорунун, шаарларынын, шаар тибиндеги кыштактарынын калкынын саны, Численность населения Кыргызской Республики на 1 января 2017 года
- ↑ „Koʻkyongʻoq geografiyasi“. 2022-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-noyabr.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |