Kabo-Verde
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kabo-verde (Savo Verde), Kabo-Verde Respublikasi (República de Cabo Verde) — Atlantika okeanida, Gʻarbiy Afrika sohili yaqinidagi Yashil Burun orolarida joylashgan davlat. 10 ta yirik va 5 ta mayda orolni oʻz ichiga oladi. Mayd. 4,033 ming km2. Aholisi 405 ming kishi (2001). Maʼmuriy jihatdan 14 tuman (conselho)ra boʻlinadi. Poytaxti — Praya shahri.
Kabo Verde Respublikasi República de Cabo Verde
| |
---|---|
Shior: Unidade, Trabalho, Progresso | |
Madhiya: Cântico da Liberdade | |
Poytaxt | Praya |
Rasmiy til(lar) | Portugal tili |
Hukumat | Semi-Prezidentlik Davlat |
Jorge Carlos Fonseca | |
Ulisses Correia e Silva | |
Mustaqillik (Portugaliyadan) | |
• Sana |
5-iyul, 1975 |
Maydon | |
• Butun |
4,033 km2 (174-oʻrin) |
• Suv (%) |
ahamiyatsiz |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
418,224 (173-oʻrin) |
• Zichlik | 103/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$2,990 mil. (169-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$7,149 |
Pul birligi | Cape Verde Escudo (CVE) |
Vaqt mintaqasi | UTC–1 |
• Yoz (DST) |
UTC–1 |
Qisqartma | CV |
Telefon prefiksi | 238 |
Internet domeni | .cv |
|
Davlat tuzumi
tahrirKabo Verde — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2001-yildan P. V. Piresh). U umumiy, toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi oliy organi — umumiy saylov yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadigan Milliy assambleya (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Tabiati
tahrirOrollar, asosan, vulkanlardan hosil boʻlgan. Qirgʻoqlari tik va qoyali; qulay tabiiy gavanlari kam. Relyefi — asosan, togʻli. Eng baland choʻqqisi 2829 m (Fogu orolda). Iqlimi — tropik, passat. Oʻrtacha oylik temperatura 22°— 27°. Yillik yogʻin 100 – 250 mm. Bot-bot qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Daryolari kam. Oʻsimligi choʻl va chala choʻlga xos. Hayvonot turlari oz. Dengiz qushlari koʻp. Qirgʻoq atrofi suvlari baliqqa boy. Fosforit, binokorlik materiallari, jumladan, gips konlari bor.
Aholisining 62% mulatlar, 35% afrikaliklar (fulbe, balante, manjaklar); shahar aholisi 30%. Rasmiy tili — portugal tili. Aholining 98% — katoliklar.
Tarixi
tahrirKabo Verde joylashgan Yashil Burun orollarini Portugaliya ekspeditsiyalari 1456 va 1460-yillar orasida kashf etgan. Oʻsha paytgacha bu yerda odam yashamagan. Afrikadan qullar, Portugaliyadan dehqonlar koʻchirib keltirildi. 1495-yil Portugaliya mustamlakasi deb eʼlon qilindi. 15—16-asrlarda bu xudud Afrikaning Gvineya soqili yonidagi qul savdosi markazlaridan biriga aylandi. Qul savdosi tanazzulga uchrashi bilan (1876 i. tamoman man etildi) bu yerdan AQSH va b. mamlakatlarga koʻchib ketish ommaviy tus oldi.
Ikkinchi jahon urushi (1939—45)dan keyin Portugaliya va uning ittifoqdoshlari Kabo Verdening port va aerodromlaridan Gvineya-Bisau, Angola va Mozambikdagi milliy ozodlik kuchlariga qarshi kurashda oraliq baza sifatida foydalandi. 1951-yilda Portugaliyaning "dengiz ortidagi viloyati" maqomini oldi.
50-yillardan Kabo Verdeda milliy ozodlik harakati kuchaydi. Bu harakat Portugaliya mustamlakasi Gvineya-Bisau xalqlarining ozodlik kurashi bilan chambarchas bogʻliq boʻldi. Bu kurashga Gvineya va Kabo Verde mustaqilligi afrikaliklar partiyasi (PAIGK, 1956-yil tashkil topgan) rahbarlik qildi. 1972-yilda Portugaliya Kabo Verdega "mahalliy muxtoriyat" huquqini berdi. 1974-yil 24 aprelda Portugaliyadagi fashizm rejimi agʻdarib tashlangach, PAIGK bilan Portugaliya muvaqqat hukumati oʻrtasida Kabo Verde ga 1975 i. 5 iyuldan mustaqillik berilishi haqida bitim imzolandi. 1974-yil dekabr oxirida oʻtish davri hukumati tuzildi. 1975-yil 30 iyunda Xalq milliy majlisiga birinchi saylov oʻtkazildi. Kabo Verde oʻsha yili iyulda Afrika Birligi Tashkilotiga, sentabrda BMT ga qabul qilindi. 1975-yil oxiriga kelib, Kabo Verde 60 davlat bilan diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. 1986-yil 6 fevralgacha mamlakatning nomi portugalchadan tarjima qilinib, Yashil Burun o.lari deb atab kelindi. Kabo Verde 1992-yil 16 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan. Milliy bayrami — 5 iyul — Mustaqillik kuni (1975).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari
tahrirKabo Verde mustaqilligi afrikaliklar partiyasi (PAIKV), 1956-yilda tuzilgan; 1981-yildan hozirgi nomda; Demokratiya uchun harakat, 1990-yilda asos solingan. Kabo Verde mehnatkashlari milliy birlashmasi — kasaba markazi, 1978 i. da tashkil toptan.
Xoʻjaligi
tahrirIqtisodiy jihatdan zaif agrar mamlakat. Xoʻjaligining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 11%, sanoatning ulushi 10%. Iqtisodiy faol aholining 80% qishloq xoʻjaligida band. Tez-tez boʻlib turadigan qurgʻoqchilik qishloq xoʻjaligiga katta zarar yetkazadi. Aholining oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojlarini qoplamaydi. Mustaqillik eʼlon qilingach, mustamlakachilik oqibatlarini tugatish choralari koʻrildi; milliy taraqqiyot jamgʻarasi tuzildi, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish favqulodda dasturi ishlab chiqildi, kooperatsiyaning turli shakllarini rivojlantirishga, sanoat korxonalari barpo etishga kirishildi.
Qishloq xoʻjaligi. Aholining anʼanaviy mashgʻulotlari — dehqonchilik va baliqchilik. Ichki ehtiyoj uchun makkajoʻxori, kartoshka, dukkakli don ekinlari, maniok, noʻxat, qizil qalampir, pomidor ekiladi. Eksport uchun kakao, banan, shakarqamish, yer yongʻoq, tamaki, kanakunjut, indigo yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, echki, qoʻy boqiladi. Baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi.
Sanoati dengiz mahsulotlarini qayta ishlash, tuz qazib olish va b. korxonalardan iborat. Spirt (shakarqamishdan), sovun, oʻsimlik moyi va sement ishlab chikaradigan korxonalari bor. Eksport uchun tuz va putssolan qazib olinadi. Hunarmandchilik rivojlangan. Temir yoʻl yoʻq. Avtomobil yoʻllarining uz. 5,6 ming km. Yiliga oʻrtacha 36 mln. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy porti — Mindelu (San-Visenti o.da). Sal o.da yirik aerodrom bor. Asosan, Portugaliya, Niderlandiya, Ispaniya, Fransiya bilan savdo qiladi. Chetga baliq, banan, qandshakar, tuz sotadi. Chetdan oziq-ovqat, mashina-uskunalar, neft mahsulotlari keltiradi. Pul birligi — Kabo Verde eskudosi.
Xalq taʼlimi
tahrir1960-yillarning oxirida aholining 90% dan koʻprogʻi savodsiz boʻlgan. Maktab tizimi Portugaliya taʼsirida shakllandi. Maktablarda taʼlim portugal tilida olib boriladi. Mustaqillikka erishilgandan keyin (1975), 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bepul majburiy taʼlim joriy etildi. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 4 yil, oʻrta maktabda 5 yil qilib belgilandi. Oʻrta maktab ikki bosqich: 2 yillik tayyorlov sinflari va 3 yillik katta oʻrta maktab (litsey) dan iborat boʻldi. 1980-yillarning boshidan maktab tizimi yangidan tuzildi. Maktabda oʻqish muddati 11 yil, 6 yil asosiy maktabda, 3 yil toʻliqsiz oʻrta maktabda va 2 yil toʻliq oʻrta maktabda oʻqiladi. Toʻliq oʻrta maktabda gumanitar, tabiiy-ilmiy, texnika boʻlimlari bor. Mamlakatda 3 pedagogika bilim yurti va industrial maktab ishlaydi. Oliy oʻquv yurti yoʻq.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
tahrirKabo Verdeda bir qancha gaz. va jur". nashr etiladi. Asosiylari: "Boletin informativu" ("Informatsion byulleten", haftanoma, 1976-yildan), "Boletin ofisial da Republika di Kabo-Verde" ("Kabo-Verde Respublikasi rasmiy byulleteni", hukumat haftanomasi), "Voj di povu" ("Xalq ovozi", hukumatning portugal tilida chiqadigan haftalik gaz., 1975-yildan),"Raizesh" ("Ildizlar", portugal tilida har chorakda chiqadigan adabiy jurnal, 1977-yildan), "Tribuna" ("Minbar", haftada 2 marta chiqadigan gaz., 1984-yildan), "Unidadi i luta" ("Birlik va kurash", oylik jurnal, 1976-yildan). Kabopress agentligi xukumat axborot agentligidir. Kabo Verde radiotelevideniyesi hukumat ixtiyorida. "San-Visenti ovozi" xukumat radiostansiyasi 1975-yil tashkil etilgan.
Adabiyoti
tahrirAdabiyoti portugal va kreol tillarida. Mahalliy kreol tilida boy ogʻzaki adabiyot shakllangan. Xalq sheʼriy va qoʻshiq ijodiyotining shakllaridan biri — mornlar (muhabbat va ayriliq haqidagi mungli qoʻshiqlar) ayniqsa keng tarqalgan. Bu mavzular Kabo Verde adabiyotida anʼanaga aylandi. E. Tavarish, P. Kardozu va b. shu janrda ijod kildilar. Jorji Barboza madaniy-maʼrifiy va adabiy jurnallar tashkilotchilaridan biri boʻldi. O. Alkantar "Shikino" va M. Lopish "Sharqiy shamol fosh etadi" romanlarida ijtimoiy motivlar, birinchi marta ijtimoiy tengsizlik mavzui kalamga olindi. A. Fonseka sheʼrlarida portugal "mustamlaka jannati"ni fosh etdi. Shoir Kabverdiano Dambara kreol tilida ijod qilib, xalqlarning mustaqillik uchun kurashini kuyladi. A. A. Gonsalvishning qissalari, M. Ferreyraning romanlari 60—70-yillarda Kabo Verde adabiyotida salmoqli asarlar boʻldi. 80—90-yillar adabiyotida eskilikni inkor etish va buzish bilan cheklanmay, yangilik yaratishga intilish tamoyillari boʻrtib koʻrindi. Romanu di Meluning portugal va kreol tillarida nashr etilgan "Qopqora" romani bunga misol boʻla oladi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |