Kachura koʻllari (urdu: کچورہ جھیل) Pokiston shimolidagi Gilgit-Baltistonning Skardu tumanidagi uchta koʻl birlashmasi natijasida hosil boʻlgan. Kachura koʻli 2,500 metr (8,200 ft) balandlikda joylashgan. Kachura koʻli 2 qismga boʻlinadi Yuqori Kachura koʻli va Quyi Kachura koʻli[1]. Quyi Kachura koʻli Shangrila koʻli nomi sifatida ham tanilgan. Quyi Kachura koʻli Skardu shahri tashqarisidagi Shangrila Resort nomli sayyohlik kurortida joylashgan. Zambaxa koʻli deb nomlangan yana bir koʻl Shangrilaga tutashgan Zambaxa kichik qishlogʻida joylashgan. Koʻllar gʻarbiy Himoloyning Qorakoram togʻ tizmasida, katta Kashmir mintaqasida va Hind daryosi havzasida joylashgan.

Yuqori Kachura koʻli

tahrir
 

Yuqori Kachura koʻli tiniq suvdan iborat boʻlib, uning chuqurligi 70 metr (230 ft) ni tashqil etadi. Yozda Kachura koʻli asosan 15 °C (59 °F) haroratga ega boʻladi[2]. Qishda Kachura koʻlining sirt yaʼni yuza qismi qattiq muzlaydi. Yuqori Hind daryosi yaqinrogʻida va uncha katta boʻlmagan tezlikda oqadi.

Yuqori Kachura koʻlining goʻzalligi deyarli oʻzgarmagan va shunday boʻlsada sayohatchilar tomonidan oʻrganilmagan, chunki uning noqulay yerlari tufayli turistik infratuzilma yoʻq. Hudud Gʻarbiy Himoloy ignabargli oʻrmonlarining boy landshaftiga ega, shuningdek, ushbu hudud yovvoyi oʻrik bilan anchagina mashhur. Yuqori Kachura koʻlidagi dam olish tadbirlari piyoda yurish, baliq ovlash va Himoloy alpinizmlarini sayohat qilishni oʻz ichiga oladi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Upper and Lower Kachura, Skardu“. Youlin Magazine.
  2. „Depth and Temperature of Upper Kachura Lake“. www.inspirock.com. 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-iyun.

Havolalar

tahrir