Kadensiya, kadans (lotincha cado — tugayapman) — 1) muayyan musiqa tuzilmasini yakunlovchi garmonik yoki oqang iborasi, kuy yoki akkordlar rivojiga yaxlitlikni baxsh etadi. K. ning bir nechta turi boʻlib (toʻliq, mukammal, oʻrta, xotima va b.), ular asar parchalarini bir-biridan ajratib, ayni vaqtda, musiqa tuzilmalarining oʻzaro mantiqan bogʻlanishiga ham xizmat qiladi; 2) konsert kabi yirik asarlardan oʻrin olgan, yakka ijrochi (solist) uchun moʻljallangan erkin shaklli virtuoz musiqa lavhasi. K. ijrochining yuksak mahoratini namoyish etishga qaratilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil