Kadastr (frans. cadastre) – muayyan obʼyektlar toʻgʻrisida tartiblashtirilgan aniq va zaruriy maʼlumotlar majmui, roʻyxati, reyestri (mas, yer kadastri, suv kadastri kabilar). Rasmiy davlat organi yoki muassasasi tomonidan tuziladi va yuritiladi. Boshqa davlatlardagi kabi Oʻzbekiston Respublikasida tabiat resurslari, noyob oʻsimlik va hayvonlar K.lari ham bor (mas, 1960—2001 yillarda Jizzax viloyati Zomin tekisligida oʻtkazilgan 40 yillik K. tadqiqotlari 1965 yilda 1 m2 maydonda urgʻochi qoraqurtning oʻrtacha zichligi 2,5 dona boʻlganligini, 2001 yilda bu koʻrsatkich 0,05 donani tashkil etganligini koʻrsatdi, insonning tabiatga salbiy taʼsiri oqibatida qoraqurt soni kamayib ketganligi aniqlandi). Oʻzbekiston Respublikasida davlat K.lari yagona tizimiga kiruvchi davlat va tarmoq tabiat resurslari K.larini tuzish va yuritish Oʻzbekiston Respublikasining „Davlat kadastrlari toʻgʻrisida“ qonuni (2000 y. 15 dek.)ga muvofiq olib boriladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil