Kadmiylash
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kadmiylash — asosan, poʻlat buyumlar sirtiga 7-20 mkm qalinlikda kadmiy qatlami yugurtirish; buyumlarni korroziyadan saqlash uchun qoʻllanadi. Elektr kimyoviy usul bilan va vakuum ostida qoplanadi. Elektr kimyoviy kadmiylashda buyumlar kadmiyning oddiy kislotali tuzlari yoki murakkab komplekslarining suvdagi eritmasida elektroliz qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Vakuum ostida kadmiylashda qoplanadigan material (kadmiy) toʻzitiladi va zarralarining yoʻnaltirilgan oqimi hosil qilinadi, soʻngra buyum sirtiga oʻtiradi. Samolyot, kemalarning eng muhim detallari, tropik iqlimda ishlatiladigan buyumlar kadmiylanadi[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |