Kapsan, kafsan — 1) oʻtmishda qishloq jamoasining xizmatini bajarganligi uchun dehqonlar tomonidan ayrim shaxslar (mas, maʼmur va din arboblari, mirob va podachilar, temirchi va sartaroshlar)ga berilgan mahsulot toʻlovi. K.ning miqdori yerning hosildorligiga hamda suv taʼminotiga qarab turli joylarda turlicha boʻlgan. Dehqonlar oʻz qarindosh-urugʻlari, qishlokdagi kambagʻal oilalarga, beva-bechoralarga ham ixtiyoriy ravishda K. berganlar; keyinchalik u majburiy toʻlovga aylangan; 2) Turkiston oʻlkasida (mas, Toshkent, Fargʻonada) sayyor artistlar truppasi koʻrsatgan tomoshalarda yigʻilgan pulni kishi boshiga taqsimlaganda tekkan ulush. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil