Kahrabo
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kahrabo — tabiiy organik birikma, igna bargli daraxtlarning qazilma smolasi. Kimyoviy formulasi S40N64O4. Oltingugurt qoʻshimchalari bor. Moʻrt. Qattiqligi 2,0—2,5. Zichligi 1000–1100 kg/m3. Tarkibi 76—81% uglerod, 10—10,5% vodorod, 7,5—13% kislorod, shuningdek, bir oz oltingugurt va azotdan tashkil topgan. Rangi turli tusli: sariq, qizgʻish jigarrang , bir oz yashil. Smolasimon yaltiraydi. Shaffof va yarim shaffof. Yaxshi jilolanadi, movutga surkalsa elektrlanadi. Yonganda xushboʻy hid tarqatadi. K. ichida oʻsimlik va hasharot qoldiqlari boʻlishi mumkin. Bunday xillaridan tayyorlangan taqinchoq va yodgorliklar yuqori baholanali. Eng yirik konlari Boltiqboʻyi mamlakatlarida paleogen va neogen davri jinslarida, Belarus, Ukraina, shuningdek, Polsha, Daniya, Shvetsiya, Angliya, AQSH va b. joylarda bor. Dunyodagi eng yirik K. koni Kaliningrad yaqinida. Past sifatli K.dan oz miqdorda kahrabo kislotasi, yogʻi, tibbiyotda ishlatiladigan preparatlar, lok, zamazka olinadi.
K.dan qadimda taqinchoq va b. zebziynat buyumlari tayyorlangan. K.ning eng yaxshi turlari qimmatbaho tosh. Shuningdek, K. noyob imoratlarni bezashda ishlatiladi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |