Kahrabo kislota
(Kahrabo kislota 2dan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Qahrabo kislota (CH2)2(CO2H)2 — ikki asosli organik kislota. Rangsiz kristall modda. Mol. m. 118, suyuqlanish temperaturasi 183°, qaynash temperaturasi 235°.
Suvda, etil va metil spirtda yaxshi, efirda yomon eriydi. Qoʻngʻir koʻmir va turli smolalar (mas, qahrabo va b. oʻsimliklarda) bor. K.k. qahraboni quruq haydab, sintetik usulda etilen bromiddan olinadi. Fotografiyada, tibbiyot, analitik kimyoda, baʼzi plastmassalar olishda va b. sohalarda ishlatiladi. Chigitni ekishdan, bugʻdoy, qand lavlagi va b. urugʻini sepishdan oldin K.k.ning kuchsiz eritmasida namlansa, urugʻ yerdan erta va tekis unib chiqib, tez rivojlanadi.[1]
Manbalar
tahrir