Kairon
Kairon, Gurudvara Jhar Sahib kabi tarixiy joylardan iborat kichik tarixiy hind qishlogʻi hisoblanadi. Bu qishloq Panjob shimoli-gʻarbidagi Tarn-Taran tumanidajoylashgan[1]. Qishloqda Dhillon Jatt sikxlarining aksariyati istiqomat qiladi.
Kairon | |
---|---|
qishloq | |
31°20′0″N 74°52′0″E / 31.33333°N 74.86667°E | |
Mamlakat | Hindiston |
Shtat | Panjob |
Tuman | Tarn Taran |
Telefon kodi | 01851 |
Avtomobil kodi | PB 46 |
|
Demografiyasi
tahrirKairon qishlogʻi 13000 aholiga ega va Kairon siyosiy oilasining ona qishlogʻi sifatida shuhrat qozongan. Oiladan Nihal Singx Kairon, Pratap Singx Kairon, Jasvant Singx Kairon, Surinder Singx Kairon, Gurinder Singx Kairon va Adesh Pratap Singx Kairon kabi siyosiy liderlar yetishib chiqqan.
Hozirda oila boshligʻi Parkash Singx Badalning qiziga uylangan Adesh Pratap Singx Kairon hisoblanadi. U uch marta qaynotasi Parkash Singx Badalning bosh vazirligida vazir boʻlgan.
Taniqli odamlar
tahrir- Adesh Pratap Singx Kairon (1959-yilda tugʻilgan) — Panjoblik siyosatchi. U Nihal Singx Kaironning evarasi, Partap Singx Kaironning nabirasi, Surinder Singx Kaironning oʻgʻli, Parkash Singx Badalning kuyovi va Harcharan Singx Brarning jiyani, shuningdek, Kairon oilasining hozirgi rahbari.
- Surinder Singx Kairon (1934-2009) marhum Sardor Partap Singx Kaironning o‘g‘li edi. Kongress partiyasidan parlamentga saylanishdan oldin u Panjob Vidha Sabxa aʼzosi boʻlgan.
- Partap Singx Kairon (1901-1965) Panjob viloyatining bosh vaziri boʻlgan (oʻsha paytda Panjob, Haryana va Himachal-Pradesh shtatlarini oʻz ichiga olgan) va mustaqillikdan keyingi Panjob provinsiyasi (yoki bugungi kunda Panjob, Haryana va Himachal) meʼmori sifatida keng tan olingan). U Britaniya hukmronligiga qarshi norozilik namoyishlarini uyushtirgani uchun bir marta besh yilga, Britaniya imperiyasi tomonidan ikki marta qamoqqa tashlangan. Uning siyosiy taʼsiri va qarashlari hali ham Panjobi siyosatida hukmronlik qiladi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Kairon village census details 2011“. Census of India. Qaraldi: 2020-yil 3-mart.