Kak papa bil malenkim
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
"Kak papa bil malenkim" (ruscha: Как папа был маленьким) („Dadamning yoshligi“) – rus yozuvchisi Aleksandr Raskin qalamiga mansub hikoyalar seriyasi. Ilk bor 1961-yil Moskva shahrida „Sovet Rossiyasi“ nashriyotida chop etilgan. Bolalar uchun moʻljallangan toʻplam muallifning eng mashhur asarlaridan biridir[1].
Asl nomi | Как папа был маленьким |
---|---|
Muallif(lar) | Aleksandr Raskin |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | hikoya |
Nashr etilgan sanasi | 1961 |
Keyingisi | „Kak papa uchilsya v shkole“ |
„Kak papa bil malenkim“ hikoyalar turkumi bir necha oʻn toʻplamga kiritilgan va hozirgi kunda ham rus tilida soʻzlashuvchi mamlakatlarda keng oʻqiladi. „Kak papa bil malenkim“ muvaffaqiyati ortidan Raskin uning davomi hisoblanuvchi „Kak papa uchilsya v shkole“ („Dadamning oʻquvchilik davri“) toʻplamini yozgan. Toʻplam 1963-yil chop etilgan. 1966-yil hikoyaning Fianna Glagoleva ingliz tiliga qilgan tarjimasi „When Daddy was a Little Boy“ nomi bilan bosilib chiqqan.
A. Gubaydullina toʻplamni tahlil qilib, unda ota va oʻqil obrazlari antagonistlar oʻlaroq koʻrilishi mumkinligini, hokoyalarda Raskin ota-oaning asosiy vazifasi tarbiya berishdan iborat, degan fikrni ilgari surganini xulosa qilgan. Groovy Dhruv „The Guardian“ gazetasi uchun yozgan taqrizida „Kak papa bil malenkim“ toʻplamidagi hikoyalarni „qiziqarli, haqqoniy va kulgili“ deya baholagan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Губайдуллина, А. Н. (2016). „Роль отца в современной детской прозе“. Вестник Томского государственного (ruscha). 33-jild, № 1. doi:10.17223/1998863Х/33/4.
- ↑ Dhruv, Groovy „Daddy Was A Little Boy by Alexander Raskin - review“ (inglizcha). The Guardian (13-may 2011-yil). Qaraldi: 22-noyabr 2024-yil.