Kakaydi — Jarqoʻrgʻon tumanidagi shaharcha (1942 yildan). Kakaydi neft koni ishchilar shaharchasi negizida tashkil topgan. Viloyat hududining jan.da, Surxondaryoning chap koʻhna qayiri (terrasasi)da, Kakaydi kanali boʻyida joylashgan. Jarqoʻrgʻon temir yoʻl stansiyasidan 15 km. Aholisi 6,5 ming kishi (2002). Umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, kasalxona, deqqon bo-zori, avtokorxona, madaniyat va istirohat bogʻi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. K. bilan viloyat markazi Termiz sh. orasida avtobus qatnaydi.[1]

Kakaydi
shaharcha
37°34′43″N 67°30′23″E / 37.57861°N 67.50639°E / 37.57861; 67.50639
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Surxondaryo viloyati
tuman Jarqoʻrgʻon tumani
Qachondan beri shaharcha 1942-yil
Aholisi
 (2002)
6,5 ming kishi
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Kakaydi xaritada
Kakaydi
Kakaydi

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil