Kalila va Dimna – adabiy yodgorlik. „Panchatantra“ va „Xitopadesha“ kabi qad. hind ogʻzaki ijodi zaminida vujudga kelgan, uning aniq, yozilgan vaqti maʼlum emas. Asar shahzodalarga taʼlim-tarbiya berishga moʻljallangan boʻlib, nasihat ruhida yozilgan. Unda ijtimoiy, siyosiy, axloqiy va maishiy masalalar, asosan, majoziy yoʻl bilan 2 shagʻol (chiyaboʻri) – Kalila va Dimna (sanskritcha Kartak va Damnako, paxlaviyda Kalilak va Dimna) munozarasi shaklida bayon etiladi. „K. va D.“ 6-asrda Eron sho\i Xusrav Anushirvon (531579) buyrugʻiga binoan, uning shaxsiy tabibi Barzuya tomonidan Hindistondan keltirilgan va paxlaviy tiliga tarjima qilingan. VIII asrda mashhur adib Abdulloh ibn al-Muqaffa (721757) pahlaviydan arab tiliga, undan Rudakiy fors tiliga nazm bilan tarjima qilgan. Husayn Boyqaro davrida Husayn Voiz Koshifiy forschaga tarjima qilib, uni „Anvori Suhayliy“ deb nomlaydi. Asarning fors tiliga oʻgirilgan nusxasi 16-asr oxirida qayta ishlangan. Uni eski oʻzbek tiliga Muhammad Mulla Niyoz (1837), Fazlulloh qori Almaiy tarjima qilishgan. Almaiy tarjimasi 3 marta nashr etilgan (19101913). Asar hozirgi oʻzbek tilida bir necha bor nashr etilgan (1966, 1977, 1988, 1992, 1994).[1]

Jahon adabiyoti xazinasining noyob durdonasi sanalmish „Kalila va Dimna“ qadim Hindistonda yaratilgan. „Panchatantra“ va „Hitopadesha“ kabi qadimiy hind ogʻzaki ijodi namunalari zaminida vujudga kelgan. Asar sanskrit tilida yozilgan deb taxmin qilinadi. Aniq yaratilgan vaqti maʼlum emas. „Kalila va Dimna“ taʼlim-tarbiya berishga moʻljallangan boʻlib, pand-nasihat ruhida yozilgan. Unda ijtimoiy, siyosiy, axloqiy va maishiy masalalar majoziy yoʻl bilan 2 shagʻol (chiyaboʻri) – Kalila va Dimna munozarasi shaklida bayon etiladi. Asrlar davomida asarning hajmi va shakli oʻzgarib borsa ham, uning asosiy gʻoyasi saqlanib kelgan. U adolat va ezgulikni targʻib qiladi. Yovuzlik, yomonlikdan saqlanishga daʼvat etadi. Yaxshilik va insoniy fazilatlarga, ulugʻvor intilishlarga chorlaydi.

Parcha:
Tulki bilan nogʻora masali
Deydilarki, bir tulki oʻrmon oralab ketayotib, bir daraxtning tagida nogʻora yotganini koʻrib qolibdi. Shamol esgan sari daraxt butoqlari nogʻoraga tegar va nogʻoradan dahshatli ovozlar chiqar edi. Tulki nogʻoraning ovozi yoʻgʻonligi va jussasining kattaligiga qarab, nogʻoraning yogʻi bilan goʻshti ham ovozi va jussasiga yarasha boʻlsa kerak deb ogʻzining suvi keldi. Koʻp urinib, nogʻorani yorishga muvaffaq boʻldi. Lekin qurigan teridan boʻlak hech narsa topmagach: „Gavdasi yoʻgʻon va ovozi baland narsaning ichi boʻsh boʻlar ekan“, – dedi.

Sherga tahdid qilayotgan shagʻol Dimna tasvirlangan miniatyura, forsiy qoʻlyozma (Hirot, 1429)

VI asrda Eron shohi Xusrav Anushirvon (531-579) buyrugʻiga binoan uning shaxsiy tabibi Barzuya tomonidan pahlaviy tiliga tarjima qilinadi VIII asrda Abdulloh ibn Muqaffa (721-757) pahlaviy tilidan arab tiliga, undan Rudakiy fors tiliga nazmiy tarjima qiladi. 1142-1145-yillarda al-Muqaffa nusxasidan fors tiliga Nasrulloh bin Muhammad bin Abdulhamid Abul Maoliy qilgan nasriy tarjima keng shuhrat qozonadi. Husayn Boyqaro davrida Husayn Voiz Koshifiy uni fors tiliga tarjima qilib „Anvori Suhayliy“ deb nomlaydi.

Oʻzbek tiliga tarjimalar

tahrir

„Kalila va Dimna“ning turkiy tilga qilingan birinchi tarjimasi taxminan XIII asrga mansub boʻlib, tarjimoni Iftixoriddin Muhammad Bahriy deb koʻrsatilgan. 1718-1719-yillarda „Kalila va Dimna“ni Qashqarda Mulla Temur „Anvori Suhayliy“ asosida tarjima qilib, „Osori imomiya“ deb nom beradi. 1837-1838-yillarda Xivada Muhammad Niyoz asarni tarjima qiladi va unga mufassal soʻzboshi yozadi. XX asr boshida Qori Fazlulloh bin Iso Toshkandiy Almaiy tominidan qilingan tarjima xalq orasida keng tarqalgan. 1901-1913-yillar ichida 3-marta nashr etilgan. Asar hozirgi oʻzbek tilida bir necha bor nashr etilgan (1966, 1977, 1988, 1992, 1994).

Bibliografiya

tahrir
  • Kalila va Dimna: Hikmatnoma, Suyima Gʻaniyeva tarjimasi. – Toshkent: Istiqlol, 1994, 256b.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil