Kalimai shahodat
Kalimai shahodat (arabcha: guvoh liksoʻzlari), tashahhud — islom dinidagi 5 asosiy rukndan birinchisi — imonning asosi. Unga koʻra, „Allohdan oʻzga iloh yoʻq. Muhammad Uning rasulidir“, degan kalimani til bilan aytib, dil bilan tasdiq etish shart hisoblanadi. Ilk islomdan boshlab musulmonlar kalimai shahodatni aytish orqali boshqalardan, avvalo koʻpxudoli majusiylardan farqlanib turganlar. Kalimai shahodat ibodatning asosiy soʻzlari hisoblanadi, namozda takror-takror oʻqiladi[1].Kalimai shahodat:"Ashhadu alla ilaha illahu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh"[2]
Maʼnosi :Guvohlik beramanki, Allohdan boshqa iloh yoʻq va guvohlik beramanki, Muhammad (s.a.v) uning bandasi va elchisidir.
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Kalimai Shahodat“ (2024-yil 17-iyul). 2013-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-iyul.