Kaliy xlorid, KS1 - xlorid kislota (NS1) tuzi, asosiy kaliyli oʻgʻit; Kaliyning tabiiy tuzlaridan boʻlgan silvinit minerali tarkibidagi KS1 tuzlarini kristallizatsiyalash yoki flotatsiya usulida olinadi. Kristallizatsiya usulida olingan oʻgʻit (markasi "K") oq yoki kulrang kristall modda, tarkibida 62—65% K2O bor; flotatsiya usulida olingan oʻgʻit (markasi "F") pushtiqizgʻish rangli, tarkibida 54— 60% K2O bor, miqdorda (oziq modda hisobida) K.x. solinadi. Shoʻr tuproqli yerlarga K.x.ni ehtiyot bulib solish kerak, chunki u tuproqda oʻsimlik uchun zararli xlor miqdorining koʻpayib ketishiga sabab boʻlishi mumkin. K.x. gigroskopik boʻlganligidan uni saqlash qoidalariga rioya qilish talab etiladi. K.x.ni balandligi 1,5 m dan 2,5 m gacha uyum holida yoki krplarda saqlash mumkin.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil