Kalsiy karbonat
Kalsiy karbonat, CaCO3, – karbonat kislotaning kalsiyli tuzi. Oq kristall modda. Tabiatda ikkita minerali: kalsit (boʻr, ohaktosh, marmar holida) va aragonit keng tarqalgan. Suvda yomon, kislotalarda yaxshi eriydi. Qizdirilganda suyuqlanmasdan kalsiy oksid (CaO) va karbonat angidridga (CO2) parchalanadi. Tabiiy kalsiy karbonat ohak, shisha, linoleum olishda, kalsiyning boshqa birikmalarini sintez qilishda ishlatiladi. Sintetik usulda kalsiy xlorid va sodani oʻzaro taʼsir ettirish yoʻli bilan olingan kalsiy karbonat qogʻoz va rezina ichida toʻldiruvchi sifatida, shuningdek, tish kukuni, oziq-ovqat, E-170 va kosmetik preparatlar tayyorlashda qoʻllanadi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |