Kaluga
Kaluga — RFdagi shahar, Kaluga viloyati markazi. Oka daryosi boʻyidagi pristan. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 330 ming kishi (2024-yillar oʻrtalari). K., dastlab, Litva knyazi Olgerd yorliqlarida 1371 yilda tilga olingan. U Moskva davlatining jan.gʻarbiy chegarasidagi qalʼa sifatida vujudga kelgan. 17—19-asrlarda muhim savdo markazi. K. E. Siolkovskiy K.da yashagan va oʻsha yerda dafn qilingan. Shaharda "Kaluga turbina zavodi" birlashmasi, yoʻl mashinalari va gidroprivodlar i.ch. birlashmasi, transport mashinasozligi, avtomotoelektr jihozlari, priborsozlik, radio jihozlari, radiolampa zavodlari ishlab turibdi. Yogʻochsozlik ("Gigant" birlashmasi) rivojlangan. Klavishli musiqa asboblari, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Yengil, kimyo sanoati tarmoqlari bor. Pedagogika instituti, drama teatri, oʻlkashunoslik, badiiy, K. E. Siolkovskiy nomli kosmonavtika tarixi muzeyi va uning filiali — Siolkovskiy uy-muzeyi mavjud.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |