Kamer musiqa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kamer musiqa (lot. camera — xona) — katta boʻlmagan xonada tor doiradagi tinglovchilarga ijro etish uchun moʻljallangan musiqa asarlari. Filarmoniya zali, teatr binosi kabi maxsus joylarda ijro etiladigan simfonik, konsert, opera va balet janrlaridan farq qiladi. K.m. yakka ijrochi yoki kamer ansambl (duet, trio, kvartet va b.) uchun yozilgan sonata, syuita, miniatyura, romans kabi namunalardan iborat; unda nozik ifodaviy vositalar, lirik hamda chuqur psixologik holatlar asosiy oʻrin tutadi. "K.m." atamasi dastlab 16—17-asrlarda Italiyada cherkov musiqasidan farqlash uchun dunyoviy vokal va cholgʻu musiqasiga nisbatan qoʻllangan. 19-asrga kelib K.m. konsert zallarida ham ijro etila boshladi. 19—20-asrlarda koʻp mamlakatlarning kompozitorlari ijodida K.m. janr va shakllari rivojlandi. Oʻzbekiston kompozitorlari G. Mushel, M. Burhonov, S. Yudakov, B. Giyenko, Ik. Akbarov, S. Jalil, F. Yanov Yanovskiy, T. Qurbonov va b. turli K.m. asarlari yaratishgan.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |