Kamola Boltabayevna Akilova — (1964-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — San’atshunoslik fanlari doktori (?). Kamoliddin Bekzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti professori (2004-2005), O’zbekiston san’at akademiyasi  Bosh ilmiy kotibi (2005-2010), O’zbekiston san’at galereyasi direktor o’rinbosari (2009-2017). O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining o’rinbosari (2017-?).

Tarjimayi holi

tahrir

Kamola Akilova 1964-yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. Oliy ma’lumotli. U 1982-yili Toshkent davlat teatr va rassomlik institutining san’at tarixi va nazariyasi fakultetiga o'qishga kirib, 1987-yil tugatgan. 30-yil davomida qadimgi davrdan boshlab to shu kungacha bo’lgan O’zbekiston tasviriy va amaliy-bezak san’ati tarixi va nazariyasi, shuningdek, yaqin va uzoq chet mamlakatlar tasviriy san’atini o’rganish bilan shug’ullanmoqda. 140 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, xalqaro va respublika ko’rgazma loyihalarining kuratori, san’at masalalari bo’yicha xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-nazariy konfirensiyalar tashkilotchisi va qatnashchisi[1]. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi  huzuridagi Madaniyat va san’at Oliy attestatsiya Komissiyasi ekspertlar kengashi raisi.Bundan tashqari Kamola Akilova boshchiligida 8 ta yangi muzey tashkil etildi.Madaniy meros obyektlarini muhofa qilish bo’yicha Davlat ilmiy-tadqiqot loyihalashtirish institutini tiklash bo’yicha ishlar olib borilmoqda.

Manbalar

tahrir
  1. Jovliyev I, Yaxshiboyeva U, Arzikulova D, Hasanova L. Oʼzbekiston ayollari. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019 — 224-bet. ISBN 978-9943-07-694-5.