Kampongtyam — Kambodjadagi shahar, Mekong daryosi sohilidagi port. Kampongtyam provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 30 ming kishidan ziyod. Kauchuk, baliq, oʻrmon mahsulotlari eksport qilinadi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiqlik elektr st-yasi bor. Taxta tilish markazi. Toʻquv hunarmandchiligi rivojlangan. Shaharga 20-asr boshlarida asos solingan[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil