Kamron Mirzo Baradari (urdu. کامران کی بارہ دری; Kāmrān kī bārɘdɘrī) – Pokistonning Lahor shahridagi yozgi pavilyon. U 1540-yildabirinchi Boburiy imperatori Boburning oʻgʻli, Kamron Mirzo tomonidan qurilgan. Bino Lahordagi eng qadimgi Boburiy inshooti deb ishoniladi va Lahorning Shohdara Bogʻ hududidagi maqbaraga aylantirilmagan yagona joy hisoblanadi[1][2].

Tarixi

tahrir

1530-yilda Bobur vafotidan keyin Kamron Mirzo Lahorni egallab, 1540-yilda baradari qurilgan bogʻ barpo etgan[3]. Qurilish vaqtida baradari Shohdara bogʻi hududidagi Ravi daryosining gʻarbiy qirgʻogʻida boʻlgan boʻlsa-da, hozir daryo oʻrtasidagi orolda joylashib qolgan. Chunki yillar davomida suv oqimi shu holga keltirgan. 1849-yilda inglizlar Panjobni qoʻshib olgandan soʻng, pavilyon daryodan oʻtadigan qayiqlar uchun pullik dam olish joyiga aylantirildi. Ushbu joy 1867-yilda Lahor xaritasida Turgurhvalli Baradari nomi bilan tilga olingan. Xaritada daryoning gʻarbiy qirgʻogʻida joylashgani koʻrsatilgan. Baradarining sharqiy tarafining bir qismi 1850-yillarda suv toshqini tufayli vayron boʻlgan[4], baradarining ikkinchi qavati ham xuddi shu davrda shikastlangan yoki buzib yuborilgan. 1958-yilda suv toshqini tufayli yana zarar koʻrdi. 1989-yilda 19,6 million rupiy (taxminan 1 million dollar) sarflanib, rekonstruksiya qilingan[5].

Bahslar

tahrir
 
Daryo tarafdan koʻrinishi

Ayvonning ayrim xususiyatlaridan koʻrinib turibdiki, hozirgi baradari Kamron Mirzo bogʻining aynan oʻzi emas. Kamron Mirzoga tegishli boʻlgan ayvon haqida birinchi eslatma 1860-yilga toʻgʻri keladi va u xalq ogʻzaki rivoyatlariga asoslangan boʻlishi ham mumkin[6]. Ayvonda 17-asrda va undan keyingi davrda Boburiy imperatori Shoh Jahon hukmronligi davrida keng tarqalgan qirrali arklar mavjud. Bu Kamron Mirzoga tegishli boʻlgan inshoot ancha taʼmirlangan yoki rekonstruksiya qilingan boʻlishi mumkin. 1988-yilda olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, bogʻ Kamron Mirzo hayotligi davrida qoʻllangan gaz oʻlchov birligidan emas, balki Akbar hukmronligi davrida keng qoʻllangan Gaz-i-Illahiy deb nomlangan oʻlchov birligidan foydalangan holda qurilgan[7].

Arxitetktura

tahrir

Barcha baradarilar singari, ushbu inshootning ham oʻn ikkita eshigi bor.

Manbalar

tahrir
  1. "Kamranʼs Baradari". Lahore Sites of Interest. Retrieved 12 September 2017.
  2. Pakistan Archaeology (25). 1990.
  3. "Kamranʼs Baradari". Lahore Sites of Interest. Retrieved 12 September 2017.
  4. Wolschke-Bulmahn, Joachim; Wescoat, James L. (1996). Mughal Gardens: Sources, Places, Representations, and Prospects. Dumbarton Oaks. ISBN 9780884022350. Retrieved 12 September 2017.
  5. "Kamranʼs Baradari (built 1520s or mid 17th-century)". Oriental Architecture. Retrieved 12 May 2015.
  6. Wolschke-Bulmahn, Joachim; Wescoat, James L. (1996). Mughal Gardens: Sources, Places, Representations, and Prospects. Dumbarton Oaks. ISBN 9780884022350. Retrieved 12 September 2017
  7. Wolschke-Bulmahn, Joachim; Wescoat, James L. (1996). Mughal Gardens: Sources, Places, Representations, and Prospects. Dumbarton Oaks. ISBN 9780884022350. Retrieved 12 September 2017