Kang Jagir — Hindistonning Panjob shtati Jalandhar tumanidagi Phillaur tehsil shahrida joylashgan oʻrta kattalikdagi qishloq. Hududni qishloqdan vakil etib saylangan Sarpanch boshqaradi. U Jajja Xurddan 2.4 kilometr (1.5 milya) va aholini roʻyxatga olish shaharchasi Apradagi asosiy bozordan 5.5 kilometr (3.4 milya) uzoqlikda joylashgan. Kang Jagirga eng yaqin pochta bosh idorasiga qadar 5.1 kilometr (3.2 milya) masofa mavjud va u Bara Pind shahrida joylashgan. Qishloq Jalandhardan 50 kilometr (31 milya) sharqda, Fillaurdan 11.7 kilometr (7.3 milya) va shtat poytaxti Chandigarxdan 124 kilometr (77 milya) uzoqlikda joylashgan.

Kang Jagir
qishloq
31°4′48″N 75°49′2″E / 31.08000°N 75.81722°E / 31.08000; 75.81722
Mamlakat Hindiston
Shtat Panjob
Tuman Jalandhar
Tehsil Fillaur
Markazi balandligi 246 m
Aholisi
 (2011)
1,260[1]
Zichligi auto kishi/km2
Telefon kodi 01826
Pochta indeks(lar)i 144418
Avtomobil kodi PB 37
Kang Jagir xaritada
Kang Jagir
Kang Jagir

Qishloq jadvalli kastaga ega (SC) boʻlib, bu qishloq umumiy aholisining 48,17% ni tashkil qiladi hamda unda jadvalli qabilalar (ST) aholisi mavjud emas.

Taʼlim

tahrir

Qishloqda panjobiy oʻrta maktabi, qoʻshma taʼlim boshlangʻich maktabi (Govt. Boshlangʻich maktab) va katta oʻrta maktab (Shahid Baba Deep Singh oʻrta maktabi) faoliyat yuritadi[2]. Eng yaqin davlat yuqori sinf maktabi Apra shahrida joylashgan.

Manzilgohlar

tahrir

Qishloqda qishloqning sharqiy kirish qismida joylashgan mashhur Gurudvara Bhai Bala Sahib Ji va qishloqning gʻarbiy tomonida joylashgan Guru Ravidas Ji Gurudvara ibodatxonalari mavjud. Qishloqda hindlarning ibodatxonasi ham faoliyat yuritadi.

Qishloqda hech qanday bank yoki bankomat mavjud emas va qishloq aholisi bu xizmatlat uchun Apraga borishga majbur.

Transport

tahrir

Temir yoʻl

tahrir

Eng yaqin poyezd stansiyasi Goraya shahrida, 10.4 kilometr (6.5 milya) uzoqlikda va Ludhiana Jn temir yoʻl stansiyasi esa qishloqdan 27.5 kilometr (17.1 milya) uzoqlikda joylashgan.

Havo yoʻli

tahrir

Eng yaqin ichki aeroport Kang Jagirdan 40 kilometr (25 milya) uzoqlikdagi Ludhiana shahrida joylashgan. Eng yaqin xalqaro aeroport Chandigarhda hamda ikkinchi eng yaqin xalqaro aeroport Amritsarda, 137 kilometr (85 milya) uzoqlikda joylashgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Kang Jagir Population Census 2011“. census2011.co.in.
  2. „Detail Of Total Schools As On 08-05-2016“. indiawater.gov.in. 2016-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-may.