Kanop tolasi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kanop tolasi — kanop oʻsimligi poyasidan olinadigan uzun tola. Ingichka, mayin va pishiq, nam tortish xususiyati (gigroskopikligi) yuqori boʻladi. K. t. olish uchun kanop oʻsimligining poyasi oʻrilganidan soʻng dalaning oʻzida maxsus mashinada boshoqlari, uruglaridan tozalanadi. Tozalangan poyalar bogʻ-bogʻ qilinib, kanop zavodlarida maxsus eritmali suv toʻldirilgan hovuz yoki suv havzalarida ivitiladi. Soʻngra tola ajratish mashinasida poʻstloqdan tolalar ajratib olinadi va meʼyoriga yetguncha quritiladi. Kanop oʻsimligi Oʻzbekistonda ham ekilgani uchun K. t. mahalliy material hisoblanadi. Undan, asosan, qoplik gazlama, oʻrov materiallari, brezent, kanop ip (arqon) olinadi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |