Kapital qoʻyilmalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida yangi qayta qurilgan hamda kengaytirilgan joriy asosiy jamgʻarmalar tashkil qilishga moʻljallangan moliyaviy mablagʻlardir. Mablagʻlar muntazam tayyorlov bosqichidan qurilish ishlab chiqarish bosqichiga aylanadi, shundan soʻng mahsulotni sotish bosqichiga oʻtiladi, bunda ular jamgʻarma boʻlib oʻzgaradi. Kapital qoʻyilmalar quyidagi xarajatlarga yoʻnaltiriladi: – qurilish-montaj ishlariga; – turli jihozlarni va asboblarni sotib olishga; – boshqa har qanday xarajatlar-loyiha qidiruv ishlari, qurilish maydonini tayyorlash kabilar.

Yuqorida qayd qilingan uch elementning oʻzaro nisbati kapital qoʻyilmalarning tuzilishini tashkil qiladi. U tarmoq texnologik va takror ishlab chiqarish tuzilishi bilan taʼriflanadi. Kapital qoʻyilmalar xalq xoʻjaligi sohalarida buyurtmachilarga ularning mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoji, rivojlanish va haqiqiy ishlab chiqarish kuchlariga qarab taqsimlanadi. Bu esa soha tuzilishini tashkil qiladi. Kapital qoʻyilmalarning texnologik tarkibi qurilish-montaj ishlarining, jihozlarning, asbob-uskunaning, shuningdek, jamgʻarmaning mulkiy hajmi hisobidagi turlicha xarajatlarning ratsional hajmini aniqlashga qaratilgan. Kapital qoʻyilmalarning texnologik tuzilishini qurilish montaj ishlariga sarflayotgan xarajatlar miqdorini kamaytirish yoʻli bilan amaldagi asosiy jamgʻarmalardan ham toʻliq foydalanish imkonini beradi. Amaldagi korxonalarning quvvatlarini qoʻllab-quvvatlashda, ularni texnik qayta qurollantirishda, kengaytirish va qayta qurishda, shuningdek, yangi korxonalarni qurishda kapital qoʻyilma- larining takror ishlab chiqarish tuzilishini aks ettiradi. Kapital qoʻyilmalar tarmoq, texnologik va takror ishlab chiqarish tarkiblari bilan taʼriflanadi. Kapital qoʻyilmalarning tarmoq tarkibi bu xalq xoʻjaligi tarmoqlari boʻyicha kapital qoʻyilmalarning miqdoriy nisbatini aks ettiradi.

Kapital qoʻyilmalarning texnologik tarkibi – mashina va asbob- uskunalarni sotib olishga va qurilish montaj ishlarini amalga oshirishga ketadigan xarajatlar orasidagi nisbatni aks ettiradi. Asosiy fondlarning aktiv qismini (mashina va asbob-uskunalarni takror ishlab chiqarishning kapital qoʻyilmalardagi ulushini oshirish yoʻli bilan ularning texnologik tarkibini takomillashtirish sarflar samaradorligini oshirishning muhim yoʻnalishi hisoblanadi. Kapital qoʻyilmalarni takror ishlab chiqarish tarkibi ularni bir tomondan yangi qurilishlarga, ikkinchi tomondan mavjud korxonalarni qayta qurish va texnik qayta qurollantirishni va kengaytirishga saflanadigan mablagʻlar miqdori oʻrtasidagi nisbatni aks ettiradi.

Mulkchilik shakllari oʻzgarib, rivojlanib borayotgan sharoitda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KB va XT)ni rivojlantirish

Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun strategik muhim vazifadir. Jahon tajribasi shuni tasdiqlaydiki, KB va XT ichki bozorni isteʼmol tovarlari va xizmatlar bilan moʻl-koʻl taʼminlaydi, eksport imkoniyatini oshiradi, ish bilan taʼminlash muammosini hal etadi, aholining real daromadlari darajasini oshiradi. Iqtisodiyotning global- lashuvi sharoitida KB investitsiyalarni kam talab qilishi, epchilligi va moslashuvchanligi oʻzgartirib turishni taʼminlaydi.

Tadbirkorlik tuzilmalarining kredit resurslaridan, investitsiyalarni moliyalashtirishning noanʼanaviy usullaridan, ayniqsa xalqaro moliya institutlari ishtiroki bilan moliyalashtirish usullaridan, lizing operatsiyalaridan bemalol foydalanishlarini taʼminlash va shu yoʻl bilan ularni xorijiy texnika va texnologiya bilan qurollantirish ustuvor vazifadir. KB va XTni rivojlantirish orqali raqobat muhiti vujudga keltiriladi, soliqqa tortish bazasi kengaytiriladi, aholinig ish bilan bandligi oshiriladi, bozorlar tovar va xizmatlar bilan moʻl- koʻl taʼminlanadi.

Manbalar

tahrir