Kapsula
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kapsula lotin tilida(lotincha capsula — quticha) — 1) biologiyada — odam va hayvonlarda turli aʼzolar va ularning ayrim qismlarini yoki patologik tuzilmalar (mas, oʻsma)ni oʻrab olgan parda (mas, jigar K.si, buyrak K.si, boʻgʻim K.si va b.). Asosan, tolali biriktiruvchi toʻqima, baʼzan yogʻli kletchatkadan tuzilgan boʻladi; 2) farmakologiyada — yutiladigan dorilar solinadigan gʻilofcha; jelatina yoki kraxmalli boʻladi. Ogʻiz shilliq pardasini taʼsirlanishdan saqlaydi, dorining yoqimsiz hidi yoki taʼmi odamga sezilmaydi. K.ni ochmasdan butunligicha yutilaveradi; 3) mikrobiologiyada — K.li bakteriya hujay-ralari atrofidagi shilliq qavat.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |