Kaptaj
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kaptaj (lot. capto — ushlayman, tutaman) — yer osti suvlarini ochish, ularni yer yuzasiga chiqarish va muayyan muddat davomida turgun (optimal) koʻrsatkichlar bilan (suv sarfi, kimyoviy tarkibi, harorati va sh.k.) foydalanishni taʼminlovchi muhandislik-texnikaviy tadbirlar majmui. Jan. Sharqiy Osiyoda, Oʻrta Osiyo va Zakavkazyeda tarqalgan qadimiy K. inshootlaridan biri korizdir. Yer osti suvlarning zamonaviy K. inshootlari (asosan, burgʻi qudugʻi) oʻzining konstruksiyasi va tiplariga koʻra turli xil boʻlib, ular gidrogeologik sharoit xususiyatlarini, suv tarkibini, texnika va sanitariya talablarini, foydalanish rejimi va maqsadlari va b.ni hisobga olgan holda quriladi. Yuzaroq joylashgan suvli qatlamlardan yer osti suvlarini olishda K. ning eng sodda turi — shaxtasimon quduqlardan foydalaniladi. Favvora boʻlib chiqadigan yer osti suvlari va namakoblardan foydalanish iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |